Kiyiklar
Kiyiklar — quvushshoxlilar oi- lasiga mansub kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar guruhi. Tashqi ko’rinishi, tuzilishi, hayot kechirishi va kelib chiqishi, hatto tana o’lchami har xil hayvonlarni o’z ichiga oladi. K.ga qoramollar, qo’ylar va echkilardan tashqari barcha kavsh qaytaruvchilar ki- ritiladi. Quvushshoxlilar oilasining ko’pchilik kenja oilalarini birlashti- radi. Filogenetik jihatdan echkilar va sigirlarga yaqinroq. Asosiy kenja oilalari g’izollar yoki ohularga Jay- ran, Hindistonda tarqalgan garna, si- girsimon K. yoki buballarga Afrikada tarqalgan kaama va GNU; otsimon K.ga Afrikada yashaydigan qora kiyik, Bey- za, kiyik-ho’kiz, Serna K., to’rt shoxli K., o’rmon kiyiklari kiradi. Ko’p tur- lari Afrikada, ayrim turlari Jan. va Marka-ziy Osiyoda yashaydi, Evropa- da K.ning 3 turi, shim. Amerikada bir turi tarqalgan. O’zbekistonda K.dan sayg’oq va jayran uchraydi. Ko’pchilik K. cho’llarda, ayrim turlari o’rmonda poda bo’lib yashaydi. Poligam. Go’shti, terisi va shoxi uchun ovlanadi.