Kingston

Kingston — Yamaykaning poytax- ti. Yamayka o.ning Jan.-sharqida, Karib dengizi sohilida. K. Sent-Andru b-n alohida ma’muriy birlikni tashkil qiladi. Iqlimi tropik, sernam; yanv. ning o’rtacha t-rasi 24,3°, iyulniki 27,6°. Yillik yog’in 700 mm. Kuchli zilzilalar bo’lib turadi. Aholisi 600 ming kishi- dan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). K. 1693 y.da inglizlar tomonidan bunyod etilgan, keyinroq shahar qul sav- dosining Vest-Indiyadagi eng katta markazi bo’lgan. 1872 y.dan Yamaykaning ma’muriy markazi. Shahar 1907 y.gi zil- ziladan deyarli butunlay vayron bo’lgan. 1962 y.da K.da Yamayka mustaqilligi e’- lon qilingan. K. — mamlakatning savdo-sano- at va madaniyat markazi. Transport yo’llarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Karib dengi- zi soqilidagi yirik port. Mamlakat import mollarining deyarli hammasi, eksporti (shakarqand, rom, paxta, kofe, banan)ning ko’p qismi K. porti orqali o’tadi. Sanoati oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’n poyabzal, yog’ochsozlik, metallsozlik korxonalari, neftni qayta ishlash, Tse- ment z-dlaridan iborat. K.da Vest-Indiya un-tining fakultetlari, in-tlar, yamay- kani o’rganish inti (kutubxona, muzey va san’at ko’rgazmasidan iborat), san’at, tabiiy fanlar va texnologiya kolleji, teatr va b. bor. Me’moriy yodgorlikla- ridan Rokfort qal’asi (17-19-a.lar), San-Tomas sobori (17-a., 1907 y.da qayta qurilgan) saqlangan. K.da hukumat, chet el kompaniya va banklari idoralari joy- lashgan.