Kori (Cori) Karl Ferdinand

Kori (Cori) Karl Ferdinand (1896. 5.12, Praga — 1987) — amerikalik bio- kimyogar. Praga un-tini tugatgan (1920). AQSh Milliy akademiyasi va London Qirollik jamiyati a’zosi. Vashington unti prof. (1931 y.dan). Asosiy ishla- ri hayvonlar organizmidagi uglevodlar almashinuvini o’rganishga bag’ishlangan. Glyukoza (1)-fosfat (“Qori efiri”) mod- dasini kashf etgan va sof holda ajratib olgan. Glikogenning katalitik jarayon- larini aniqlagan. Nobel mukofoti Lau- reati (1947; g. T. Kori b-n hamkorlikda).