Konservatizm

Konservatizm — ijtimoiy va madaniy hayotda an’ana va vorislik g’oyasiga tayanuvchi xilma-xil g’oyaviy – siyosiy va madaniy oqimlar majmui. Tarixda K. turli shakllarda namoyon bo’lgan, lekin, umuman olganda, mavjud va barqaror ijtimoiy tizimlar hamda me’yorlarga moyillik, inqilob va keskin islohotlarni qabul qilmaslik — K.ga xos asosiy xususiyat hisoblangan. Ij- timoiy o’zgarishlar yuz berayotgan sharo- itda K. eski tartiblarni qayta tiklash, boy berilgan mavqelarni asl holiga qaytarish va o’tmishni ideallashtirish- da ko’rinadi. “K” termini birinchi bor frantsuz adibi F. Shatobrian tomonidan qo’llanilgan hamda 18-a. oxirida Buyuk frantsuz inqilobi davrida aristokra- tiya mafko’rasini ifodalovchi qarashlar yig’indisini bildirgan. Kapitalizm qaror topayotgan davrda K. g’arbda Libera- lizm va sosializma qarshi turgan.