Komilov Ibrohim Komilovich
Komilov Ibrohim Komilovich (1926.15.5, Rishton tumani) — kulol, O’zbekiston xalq rassomi (1973). Otasi usta Komil Madaminov va kulol Eliboy Dalievdan xunar urgangan. “Yangi hayot” kulollik artelida kulol, rassom; 1970 y.dan Rishton keramika z-dida rassom. K. qad. Rishton kulollik maktabi an’anala- rini qayta tiklashga katta hissa qo’shdi va uning yangi, chidamli va nafis namuna- larini yaratdi; u yaratgan buyumlar (lagan, kosa, shokosa, piyola, guldon va b.) havo rang koloriti, o’ziga xos uslublashtiril- gan naqshlari va hayvonlarning ramziy shakllari b-n ajralib turadi. K. an’ana- viy uslubda tayyorlagan koshinlar zamo- naviy binolarni bezab turibdi, asarla- ridan namunalar respublika va xorij- dagi muzeylarda, shaxsiy to’plamlarda saqlanadi (jumladan, Yaponiyadagi eng yirik kulollik to’plamlaridan keng o’rin olgan). 1950 y.dan respublika va chet mamla- katlardagi ko’rgazmalarda asarlari b-n ishtirok etadi. O’zbekiston ba Oltin medali b-n mukofotlangan (2002).