Komilova Xosiyat Komilovna
Komilova Xosiyat Komilovna (1912.25.4, Qo’qon – 1961.27.12, Toshkent) — tilshunos olima. O’zbekiston FA muxbir a’zosi (1952), Filol. Fanlari nomzodi (1944), hoz. SamDUning Filol. f-tini tugatgan (1935). Buxoro pedagogi- ka in-tida kafedra mudiri (1935-39), O’zbekiston FA til va adabiyot in-tida katta ilmiy xodim (1944-61). K. o’zbek tilining orfografiyasi, morfologiya va sintaksisi sohalarida i.t. ishlari olib borgan (“O’zbek tilida tushum kelishigi vazifalari” va b.). U yirik mutaxassis olimlar tomonidan tayyorlanib nashr etilgan “hozirgi zamon o’zbek tili” (leksikologiya, fonetika va morfologiya) nomli monografik asar hammuallifi. As: son va olmosh, T., 1953; gapda so’zlarning bog’lanishi, T., 1955.