Kolorado

Kolorado — AQShning g’arbiy qismidagi shtat. Mayd. 270 ming km2. Aholisi 4,4 mln. kishi (2001). Ma’mu- riy markazi — Denver sh. Shtatning o’rta qismidan shim.dan janubga tomon qoyali tog’lar kesib o’tgan. Sharqida Buyuk te- kisliklar, g’arbida Kolorado platosi joylashgan. Iqlimi mo”tadil, Konti- nental iqlim. Yanv. ning o’rtacha t-rasi tekislik va platolarda 0-4°, iyulni-ki 20-22°. Yillik yog’in 300-400 mm atro- fida. Asosiy daryolari: Sautt-Platt, Arkanzas, Rio-Grande va Kolorado. O’simlik dunyosi sharqida dasht, g’arbida chala cho’l o’simliklaridan iborat. Tog’ yon bag’irlari igna bargli o’rmonlar b-n qoplangan. K. — industrial-agrar shtat. Nodir va rangli metallar, uran, oltin, neft, toshko’mir konlari bor. Molibden olish bo’yicha mamlakatda etakchi o’rinda. Oziq- ovqat, qora va rangli metallurgiya, me- tallsozlik, kimyo va rezina sanoati kor- xonalari mavjud. Mashinasozlikning turli sohalari (kon va yo’l qurilish jihozlari i.ch., radioelektronika, raqsta-kosmik sanoati) rivojlangan. K.x.ning etakchi tarmog’i — go’sht chorvachiligi. Daryo vodiylaridagi sug’oriladigan erlarda qand lavlagi, kartoshka, em-xashak ekinlari ekila- Di. Buyuk tekisliklarda, asosan, bug’doy etishtiriladi.