Kokil, Haydar

Kokil, Haydar — 1) ayollar so- chining bir o’rimi; 2) Islom an’anasi- da diniy tabaqaga mansublik va nazr belgisi sifatida bolalarning boshi- da krldiriladigan bir o’rim soch. K. ko’yish 2 xil bo’lgan, bo’lar Sayid kokil va nazr yoki atama K. deb atalgan. Sayid K. qo’yishni (o’z. taxm. 30-40 sm) faqat sayidlar (to’ralar) boshning ikki joy- idan qo’yganlar. Bu ularning payg’ambar avlodi ekanliklarining belgisi hisoblangan. Sayidlar bu K.ni umrbod saqlashgan. K. qo’yish oddiy kishilar orasida ham odat bo’lgan. Ular o’g’il Far- zandlarning (ko’pincha yolg’iz o’g’il) uzoq umr ko’rish, sog’-salomat yurishini niyat qilib muqaddas joylarga atab, boshning tepa o’ng qismidan bir oz soch krldirish- gan. Uni 10-12 sm gacha o’stirganlar. Bola 7-8 yoshga kirganda atalgan joyga jonliq olib borib, so’yib K. ni oldir- ganlar.