Kokos palmasi
Kokos palmasi (Cocos nucifera) — palmadoshlar oilasiga man- sub doim yashil daraxt. Bo’yi 20-25 m, diametri 60 sm cha. Tanasi uchida bo’yi 3-6 m keladigan patsimon barglari to’p bo’lib joylashgan. Guli ro’vaksimon to’pgul. Mevasi yirik, danakli (kokos yong’og’i deb ham ataladi), yangiligida og’irligi 1,5—2,5 kg. K.p. tropiklardagi okean sohillarida ko’p tarqalgan. Kopra- si (eti)dan kokos moyi, xushta’m kokos suti olinadi. Yog’ochi qurilish materia- li hisoblanadi. K.p.ning yosh barglari ham, mevasining pishgani va Dumbuli ham ovqatga ishlatiladi. To’pguli ke- silgan joydan oqib chiqadigan shiradan vino, shirin ichimlik va qand tayyorlana- Di. K.p.gao’xshash Butiya palmasi (Butia capilata, V. jagatay) manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.