Kokklar
Kokklar (Yun. kokkos — don) — harakatsiz sharsimon bakteriyalar. Dia- metri 0,5—4,0 mkm. Sporalar hosil qilmaydi. Hujayralarning bo’linish soni va ularning bir-biriga nisbatan joylashish tartibiga qarab quyidagi shaqllari farq qilinadi: mikrokokklar, diplokokklar, streptokokklar, tetra- kokklar, sarsinalar, stafilokokklar. Ko’pchilik K. grammusbat, ayrimlari grammanfiy. Tabiatda keng tarqalgan. Yashash sharoitiga ko’ra, aerob yoki ana- erob bo’ladi. Tuprokda, suvda, havoda yashaydigan aksari K. (saprofitlar) odat- dagi sharoitda zararsiz. Patogen turlari yallig’lanish va yiringli kasalliklarni qo’zg’atadi.