Kolovratkalar, boshaylangichlilar
Kolovratkalar, boshaylangichlilar (Rotatoria) — to’garak chuvalchanglar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar sinfi. Bo’yi 0,04—2,5 mm, 2000 tacha turi bor. Tanasi kutikala b-n qoplangan, 3 bo’lim: bosh, tana va oyoqdan iborat (ba’- zi K.da hamma bo’limlar qo’shilib ket- gan). Bosh tomonida doira bo’lib 2 qator joylashgan kipriklari og’iz aylangich apparatni hosil qiladi. Kipriklari- ning ma’lum tomonga qarab bir me’yorda tebranishi tufayli suzib yuradi va may- da organizmlarni og’ziga tortib oladi. Nerv sistemasi xalqum usti gangliysi va undan chiqadigan nervlardan, sezgi organlari esa ko’z (ko’pincha bitta) va paypaslagichlardan iborat. Ayirish or- gani juft protonefridiy tipida. Kon aylanish va nafas olish sistemasi yo’q. Erkaqlari urg’ochilaridan ancha kichik. K. chuchuk va sho’rtob suvlarda, ba’zan dengiz va tuproqda yashaydi. Planktonxo’r yosh ba- liklar uchun oziq bo’ladi.