Kollektsiya

Kollektsiya (lot. collectio — to’plash, to’plam) — bir turdagi yoki umu- miy mavzuda birlashtirilgan narsalar yoki san’at asarlari (jumladan, kitob, qo’lyozma, kartina, gravyura, chinni, Mar- ka, tanga va h.k.) to’plami. K. tuzish ma- terial yig’ish, tahlil qilish va tartibga solishni nazarda tutadi. Bir xil buyum yoki mavzu b-n bog’liq ashyolarni, san’at asarlarini to’plash, yig’ish qadim payt- lardan ma’lum. O’ziga yoqqan buyum yoki ashyolarni o’rganish, bir-biri b-n so- lishtirish va har birida o’ziga xoslikni kashf etish, ularning yangi qirralarini ochish to’plovchiga zavq bag’ishlaydi, uni yangi topilmalar qidirishga undaydi. Xususiy badiiy K.lar muzeyda doimiy yoki davriy ko’rgazma ashyolarini tashkil qiladi, ba’zan muzey yoki davlatga sovg’a tariqasida takdim etiladi. Muzeyshu- noslikda K. mavzu, sana, uslub, tipolo- giya va b. xususiyatlari b-n ajralib tura- digan shaxsiy to’plamning bir qismini bildiradi. O’zbekiston davlat san’at mu- zeyi, amaliy san’at muzeyi, O’zbekiston davlat tabiat muzeyi shunday to’plamlar asosida yuzaga kelgan.