Kobe, Kobe
Kobe, Kobe — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o.ning Jan.-g’arbiy qismida. Osa- ka qo’ltig’i sohilida. Xiogo prefektura- sining ma’muriy markazi. Aholisi 1,5 mln.kishi (1990-y.lar oxiri). Muhim t.y. tuguni. Yaponiya g’arbidagi yirik sanoat markazi. Metallurgiya, transport mashi- nasozligi, jumladan, kemasozlik (mam- lakatda qurilayotgan kemalar hajmining 1/3 qismi K. hissasiga to’g’ri keladi), oziq-ovqat va harbiy sanoat korxona- lari bor. Elektr energiya, to’qimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqariladi. K. porti Yaponiyadagi eng yirik portlardan biri (yillik yuk or- tib-tushirish 150 mln. t.). Metropoli- ten qurilgan. K.da chet el banklarining yirik filiallari, savdo va sanoat fir- malari joylashgan. Un-t, oliy tijorat in-ti, tex. kolleji, rasadxona, badiiy muzey mavjud. K. — xalqaro turizm Mar- kazlaridan biri. Shahar atrofida ku- rortlar va milliy bog’lar bor.