Kovsh
Kovsh — 1) metallurgiyada — eri- tilgan metall, shlak va shteynlarni qisqa muddat saqlash, tashish hamda qoliplarga quyishda ishlatiladigan po’lat yoki cho’yan idish. Metall va shteyn- lar uchun ishlatiladigan K.ning ichi o’tga chidamli g’isht b-n terib chikiladi. K.ning 60 kg gacha sigimli dasta-ki, 120 kg sig’imli osma relslar-monorel- slarda tashiladigan, 500 t gacha sig’imli ko’prik kranlar yoki t.y. aravalarda ta- shiladigan turlari bor. Alyuminiy sa- noatida metallni elektroliz vannalarda olish uchun vakuum K.lari ishlatiladi; 2) kon va qurilish mashinalari (ekskavator, elevator, skreper va b.) da K. kon jinsi, tuproq va b.ni umumiy massadan ajratib olish hamda boshqa joyga to’kish uchun ishlatiladi. Bir kovshli ekskavatorlar K.ining hajmi 0,15—200 m3, ko’p kov- shlisiniki — 0,007—7 m3.