Koday (Kodaly) Zoltan

Koday (Kodaly) Zoltan (1882.16.12, Kechkemet — 1967.6.3, Budapesht) — Ven- Ger kompozitori, musiqiy folklor- shunos, pedagog, musiqa jamoat arbobi; zamonaviy Venger kompozitorlik MAK- tabi asoschilaridan. Vengriya FA akad. (1945), prezidenti (1946-49), Vengriya musiqa arboblari uyushmasi prezidenti (1949 y.dan), YUNESKO qoshidagi Xalq musiqasi xalqaro kengashi (IFMC, 1963 y.dan) hamda musiqiy tarbiya xalqaro jamiyati (ISME, 1964 y.dan) prezidenti. Budapesht musiqa akademiyasida prof. (1908-40). 1905-25 y.lari Vengriya qishloqlariga ekspedisiyalar uyushti- rib, 3500 ga yaqin Venger xalq qo’shiq va raqs kuylari (shu jumladan, qad. Dehqon folklori hamda shahar qo’shiqlari)ni yozib olgan. Xalq musiqasi to’plamlari, ularga doir tadqiqotlar nashr ettirgan. Ijodida milliy kuylar va usullarni zamonaviy musiqa ifoda vositalari b-n uzviy bog’lagan. “Xari Yanosh” ope- rasi (1926), “Venger psalomi” kantata- si (1923), simfonik, xor, kamer musiqa asarlari, maktab o’quvchilari uchun qayta ishlangan xalq qo’shiklari hamda ashula darsliklari muallifi. Koshut nomi- dagi Vengriya Davlat mukofoti sovrin- dori (1948, 1952, 1957). Kamer va sim- fonik asarlari, qayta ishlangan xalq qo’shiqlari O’zbekistonda ham ijro eti- ladi.