Kovalevskiy Aleksandr Onufrievich

Kovalevskiy Aleksandr Onufrievich (1840.7(19).11, Latviyaning Dinaburg uezdi Shustyanka qishlog’i — 1901.9(22).11, Peterburg) — rus EVO- lyusionisti-zoologi, qiyosiy embrio- logiya va fiziologiya, eksperimental va evolyusion gistologiya asoschilari- dan biri, Peterburg FA akad. (1890 y.dan), V. O. Kovalevskiyning akasi. Peterburg un-tini tugatgan (1863). Kiev (1869-74), Novorossiysk (1874-90), Peterburg (1891-94) un-tlari prof., Sevastopol biologiya st-yasi direktori (1892-1901). K. umurtqasiz xayvonlar (bo’shliqichlilar, chuvalchanglar, mol- lyuskalar, bo’g’imoyoqlilar, ignaterili- lar) va xordalilar (lantsetnik, assidiya va b.)ning embrioni rivojlanishi- ni o’rgangan. Umurtqasiz qayvonlarda murtak varaqlari to’g’risidagi ta’- limotni ishlab chiqqan, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar rivojla- nishi qonuniyatlarining umumiyli- gini ko’rsatib, ularning evolyusion qarindoshligini isbotlab bergan. As: Izbrannie Raboti, M., 1951.