Kinorinxlar

Kinorinxlar (Kinorhyncha) -birlamchi tana bo’shliqli chuvalchanglar sinfi. O’z. 0,1 — 1mm. Tanasi yassi, ka- Lin kutikula b-n qoplangan. 13 ta seg- ment (bosh, bo’yin va 11 ta bo’g’im)ga bo’lingan. Tanasida pixlar va ilmoqlar bo’ladi. Tanasining old qismi bura- lib chiqadigan xartumni hosil qiladi. Ko’ndalang-targ’il muskullari dasta bo’lib joylashgan, ichagi naysimon. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv stvolidan iborat. Sezgi organlari xartumidagi qillar va 1-2 juft pigment ko’zchalardan tashkil top- gan. Ayirish sistemasi — 1 juft Pro- tonefridiydir. Ayrim jinsli. Me- tamorfoz orqali rivojlanadi. Bir hujayrali suv o’tlari va mikroorga- nizmlar b-n oziqlanadi. Xartumini ol- dinga otib, so’ngra tanasini tortib olib harakatlanadi. 2 turkumi, 100 ga yaqin turi ma’lum, ko’pchilik dengizlar tubida uchraydi.