Kleyonka

Kleyonka (rus.) — nam o’tkazmaydigan modda qoplangan Max- sus mato. Qoplama materialiga qarab, moyli (o’simlik moylaridan tayyor- langan qoplamali), latekli (kontsen- trlangan sintetik lateksdan tayyorlan- gan qoplamali) va polivinilxloridli K.lar bo’ladi. K. i.ch.da xom surp, sarja, Viktoriya, diagonal, Belting va b. gaz- lamalardan foydalaniladi. Moyli K. tayyorlashda, olif qaynatiladi va uning asosida kaolinli (kaolinning suvda- gi suspenziyasi emulgator va olifdan iborat) hamda bo’yoqli (pigmentdan ibo- rat) gruntlar tayyorlanadi. So’ngra bu gruntlar oldindan tozalangan va daz- mollangan matoga bir necha qatlamda surkalib, kalandrdan o’tkaziladi va har qaysi qatlam quritiladi. Keyin kerakli rasmlar chizilib loklanadi. Lateks K. tayyorlashda lateks gruntlar tayyorlana- Di, matoga tayyorlangan gruntlar b-n 4-6 marta ishlov beriladi; bunda har qaysi ishlov berishda mato quritib olinadi. Bosma bo’yoq, beriladi, loklanadi, bos- ma gul solinadi va vulkanizasiyalanadi. Polivinilxloridli K. polivinilx- loridning emulsiyali va suspenziyali turlaridan ishlab chiqariladi. Bunday tayyorlangan qorishma mato sirtiga sur – kalib termik ishlov berib olinadi. K. texnika, tibbiyot, uy-ro’zg’or, maishiy korxonalar, matbaa va b. ko’p sohalarda ishlatiladi.