Kito

Kito — Ekvadoriing poytaxti. Pichincha vulkanining Jan. yon bag’rida, 2818 m balandlikda joylashgan. Pichin- cha provintsiyasining ma’muriy markazi. Iqlimi ekvatorial, baland tog’iqlimi. O’rtacha oylik t-ra 25°. Yillik yog’in 1100-1200 mm. Aholisi 1,4 mln. Kishi (1995). K.ga indeyslarning qad. Shaxri o’rnida 1534 y.da ispan konkistadori S.Belalkasar asos solgan va o’sha davr- dan mustamlaka markazi bo’lgan. 1822 y.dan Buyuk Kolumbiya tarkibida. 1830 y.dan Ekvador Respublikasi poytaxti. K. 1797, 1859 y.lardagi zilziladan katta zarar ko’rgan. K. — mamlakatning siyosiy va iqtisodiy markazi. T.y. va shosse yo’llar orqali and vodiysidagi eng yirik shaharlar va tinch okean sohili b-n bog’langan. Panamerika shossesi K.ni Bogota (Kolumbiya) va Lima (Peru) sh.lari b-n bog’laydi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. K.da to’qimachilik sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat, ko’n poyabzal, mebel, keramika, kimyo-farmasevti- ka, mashinasozlik sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda zargarlik va b. buyumlar tayyorlanadi. Me’moriy Yodgor- liklardan hukumat saroyi (1747), so- bor, La-kompaniya cherkovi, maydonlar va b. saqlangan. Markaziy va katolik un-tlari, Politexnika maktabi, kollej, ped. in-ti, Ekvador FA, tibbiyot, musiqa, harbiy akademiyalar, ilmiy jamiyatlar, Milliy teatr, muzeylar, yirik kutub- xo-nalar, rasadxona, botaniqa bog’i va b. bor.