Taqsimot

Taqsimot — ijtimoiy takror ishlab chiqarish.ning muhim bo’g’ini, ishlab chiqarish.ni ayirboshlash va iste’mol bilan bog’lovchi munosabatlar tizimi; iqtisodiy resurelar, yaratilgan maxsulot va xizmatlarni, ularning qiymat shakli hisoblangan daromadlarni iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida taqsimlanishiga xos bo’lgan iqtisodiy munosabatlar. Har bir mamlakat va jamiyatda iqtisodiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadigan o’ziga xos T. tizimi bo’lib, unga taqsimlash ob’ekti (resurelar, mahsulot va xizmatlar), taqsimlash sub’ekti — ishtirokchilari, taqsimlash qonunqoidalari, taqsimlashda ishtirok etuvchi vositachi intlar, taqsimotga oid krnunchilik, T. siyosati kiradi. T. ishlab chiqarish hosilasi, biroq u ishlab chiqarish.ga nisbatan passiv bo’lmaydi, aksincha unga faol ta’sir etadi. Tarixan T.ning 3 usuli borligi kuzatiladi. An’anaviy usul, unga xos belgi —resurelarning, yaratilgan mahsulot va xizmatlarning azaddan amal qilayotgan urfodatlarga binoan taqsimlanishidir. Mac, O’rta Osiyoda ijarachi dehqon — koranda olgan hosil dehqon bilan er egasi o’rtasida og’zaki kelishuvlar, mavjud taomillarga ko’ra taqsimlangan, dehqon o’z ulushidan o’lpon to’lagan, kafsan ulashgan va h.k. Bozor usuli — bu usulda resurslar bozordagi talab va taklifnnt holatiga qarab taqsimlanadi, resurslar talab kam erdan talab ko’p joyga o’tadi. T. ning bozor usuli ustivor bo’lsada, uning nobozor usuli ham qisman mavjud bo’ladi, bunda xayriehson qilinadi, muhtojlarga yordam ko’rsatiladi. Rejali usulga kura iktisodiy resurslar davlat idoralari tomonidan yuqoridan turib, yagona davlat rejasiga binoan taqsimlanadi. Markazlashtirilgan iqtisodiyotda resurslar, pul mablag’lari, mahsulotlarni rejali taqsimlash makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajalarda iktisodiyotni boshqarishning eng muhim quroli hisoblanadi. Rejali T. markazlashgan, ma’muriy T. bo’lib, resurslarni, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, daromadlarni ehtiyojni hisobga olib erkin taqsimlanishiga yo’l bermaydi. Bu tabiatan bir tekisda taqsimlash bo’lib, ish natijalarini hisobga olmaganidan iktisodiy o’sishga etarli stimul bermaydi. Sobiq sosialistik mamlakatlarda (jumladan SSSRda) 1917-1990 yillar mobaynida amal qilgan. 21-a. boshiga kelib T.ning bozor usuli umuminsoniy va ustivor usulga aylandi. Bozor sharoitida resurslarni talabtaklif qonuniga ko’ra taqsimlanishi muhim bo’lsada, daromadlarga tovar va xizmatlar ayirboshlanishi sababli ishlab chiqarish. natijasi bo’lgan daromadlarni taqsimlash g’oyat katta ahamiyatga ega. Bozor tizimiga xos taqsimot qonuniga ko’ra daromadlar iktisodiyot ishtirokchilari o’rtasida ular ixtiyoridagi resurslarning miqdori, sifati va ishlatilish samarasiga qarab taqsimlanadi. Bunday taqsimotga ko’ra ish kuchi egalari ish haqi va turli mukofotlar oladi, tadbirkorlar capital sohibi sifatida foyda ko’radi, pul egalari foiz, er egalari renta oladilar. T. dastlab ishlab chiqarish. faoliyati bilan bog’liq sohalarda yuz beradi va bu birlamchi T. hisoblanadi, uning natijasida bozor T. usuli hosil etgan daromadlar hisoblanadigan asosiy daromadlar yuzaga keladi, bu tarkiban ish haqi, foyda, renta va foizdan, shuningdek, ijtimoiy sug’urta fondiga badallar, bilvosita soliklardan iborat. Birlamchi taqsimlashda davlat ham ishtirok etadi. Davlat iqtisodiyot ishtirokchisi sifatida jamiyatga bepul ijtimoiy ne’matlarxizmatlar etkazib bergani uchun va fuqarolik jamiyatiga xizmat qiluvchi siyosiy institut bo’lganidan daromadlarning bir qismini soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar shaklida byudjetga oladi. Ikkilamchi yoki qayta taqs im lash yuz berganda asosiy daromadlar ularning sohiblari bilan jamiyatning boshqa a’zolari o’rtasida taqsimlanadi (bevosita soliklar, dividendlar, subsidiyalar, ijtimoiy to’lovlar), natijada Hosila daromadlar yuzaga keladi. Qayta taqsimlash moliya va kredit mexanizmi orqali yuz beradi. Bunda davlat, firma, xonadon, nodavlat va ijtimoiysiyosiy tashkilotlar moliyasi asosiy rol o’ynaydi. Ular turli moliyaviy ajratmalar tashkil etadilar. Davlat byudje – tidan davlat pensiyasi, subsidiyalar, nafaqa va yordam puli ajratilib, ular xonadonlar, firmalar va nodavlat tashkilotlarga beriladi va o’sha sub’ektlar tomonidan qayta taqsimlanadi. Ahmadjon O’lmasov, Rustam Hasanov.