IKKI JUFT OYOQLILAR

IKKI JUFT OYOQLILAR (Diplopoda) — ko’poyoqlilar kenja sin- Fi (ayrim ma’lumotlarga qaraganda sinfi). Har bir tana bo’g’imida 2 juft- dan oyokdari bo’ladi (nomi shundan ke- lib chiqqan). Oyoklar soni 12 juftdan 375 juftgacha (tropik kivsyak). Tanasi- ning 2-4-bo’g’imlarida bir juftdan, boshqa bo’g’imlarida 2 juftdan oyoqlari bo’ladi. Ko’pchilik I.ning deyarli har bir tana bo’gimida bir juftdan himoya bezlari bor. Bu bezlar suyuqligi o’tkir hidli; ko’pincha zaharli suyuklik AJ- ratadi. Anamorfoz yoki gimeanamorfoz orqali rivojlanadi. 13 turkumi, 50 mingga yaqin turi ma’lum. Antarkti-da- dan boshqa hamma qitalarda tarqalgan. Nisbiy namligi 100% ga yaqin bo’lgan pana joylarda yashaydi. O’simlik qoldiklari va detrit b-n oziqlanadi, organik qoldiqlarni minerallashtirish va tuproq hosil bo’lishi jarayonida katta ahamiyatga ega. Ayrim I. o’simliklarga ziyon keltiradi.