ISTE’MOLCHILAR JAMIYATI

ISTE’MOLCHILAR JAMIYATI – iste’molchilar manfaatini himoya qiluvchi nodavlat, jamoa uyushmasi, bo- zorning zarur unsurlaridan biri. I. j. iste’molchi — xaridorlar tashabbusi b-n tashkil etiladi. Uning maqsadi iste’- molchilarni tovar va xizmatlar bozori- da uchrab turadigan qalloblikdan himoya qilishdir. I. j. nazoratchilari savdo-so- tikdagi tovarlar sifa-tining sertifi- katlarga mosligini, oziq-ovqat, dori- darmonlarning iste’mol etish muhlati o’tib ketmaganligini, ularning ekologik tozaligini, inson salomatligiga zarar keltirish ehtimollarini, tovarlarni (ay-niqsa texnikaviy) iste’mol etish xavfsizligini tekshiradilar. Bu sohada qonunbuzarlik uchrasa, tovar sotuvchi- larni sud javobgarligiga tortadilar. I.j. taraqqiy etgan bozor tizimiga xos bulib, ularning faoliyati iste’mol samarasini oshiradi, tovarlar va xiz- matlarning sifatli bo’lishini ta’min- laydi. Bu b-n bozor iqtisodiyo-tining ijtimoiy yunaltirilgan buli-shiga ko’mak beradi, mahsulot sifatini oshi- rish orqali raqobatga yo’l ochadi. I.j. maqsad-vazifalari, tashkiliy tuzilishi va ishlash qoidalari belgilangan Nizom asosida, iste’molchilarning manfaatla- rini himoya qiluvchi qonunlar, qukumat qarorlari hamda xalqaro standartlar- ga muvofiq ish yuritadi. O’zbekistonda I.j. O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini qimoya qilish to’g’risida” (1996.26 apr.) qonuniga muvofiq, 1997y. dan tashkil topa boshladi. 1999 y. da O’zbekiston iste’molchilarning huquklarini qimoya qilish jamiyatlari federasiyasi tuzil- Di. Federasiya tarkibida 11 viloyat va Toshkent sh. iste’molchilar jamiyatla- ri birlashmalari bor. Tumanlarda I.j. lari, mahallalarda, korxona, tashkilot- larda tayanch punktlari ish olib boradi. I.j. ga fuqarolar yakka tarkibda a’zo bo’lib kiradilar. O’zbekiston iste’mol- chilar huquqlarini himoya qilish ja- miyatlari 200 mingdan ortiq a’zoga ega (2002).