Iste’mol tovarlari
Iste’mol tovarlari – inson ehtiyojini qondirishga mo’ljallangan iste’mol buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, iste’mol etiladigan moddiy mahsulotlar va har xil xizmat- lar. I. t. shaxsiy iste’molni krndiradi, investisiya tovarlaridan inson tirik-chiligini ta’minlashi b-n farqlanadi, mehnat resurslarini qay-tadan hosil etilishiga sharoit hozirlaydi. Iste’- mol vazifasiga ko’ra, I. t. oziq-ovqat to- varlari, nooziq-ovqat tovarlari va pul- li xizmatlarga bo’linadi. Bular, uz na- vbatida, kichik gu-ruhlarga ajratiladi. I. t. ichida nooziq-ovqat tovarlari turi kup (ular kimga mo’ljallangani, qaysi ehtiyojni qondirishi, iste’mol etishga qulaylik yaratishga qarab g’oyat xilma xil buladi va individual did hamda modani nazarda tutadi). Xizmatlardan iborat I. t. ham, shartli ravishda, madaniy, ma- ishiy va ijtimoiy xizmatlar kabi tur- larga ajratish mumkin.