Ismatova Yulduz Asadovna
Ismatova Yulduz Asadovna (1944.31.10, Toshkent) — raqqosa, aktri- sa, baletmeyster, rej. O’zbekistonda xiz- mat ko’r-satgan san’at arbobi (1995). A. Ismatovning qizi. Toshkent xoreografiya bilim yurti (1965)ni hamda Toshkent te- ATR va rassomlik san’ati in-ti aktyorlik (1976), rej.lik (1984) f-tini tugatgan. 1963-88 y.lar Muqimiy teatrida ishla- gan. 1997 y.dan M. Turg’unboeva nomidagi “O’zbekraqs” milliy raqs birlashmasi- ning bosh direktori. Eng yaxshi raqslari: “Tanavor”, “Munojot”, “Gulchi qiz” va b. Ijro etgan rollari: Qumri (“Nurxon”), Malika (“oddiy mo”jiza”), Charlston (“Hijron”), Zarifa (“Xotinimning eri”), ofat (“Qaynona”) va h. k. Rej. si- fatida “Dilafro’zga to’rt oshiq”, “Oltin davrim”, “Yulduzlar jamoli” kabilarni sahnalashtirgan. 1988 y. “O’zteleradiokompaniya” qoshida “Tanavor” raqs-ansambli (1997 y.dan raqs-teatri)ni tashkil etdi. “Sev- gi nidosi” (A. Navoiyning “Sab’ai say- yor” asari asosida), “Nodira”, “Ulugbek burji”, “Qo’qon ayoli” (an’anaviy musiqa va raqslar asosida), “Sevgi vasfi” (“ta- navor” janridagi raqslar yig’indisi), “Moziydan nur”, “Temuriy malikala- ri”, “Uvaysiy” kabi raqs-teatrlarini sahnalashtirdi (libretto muallifi ham o’zi). “Sharq taronalari”, Frantsiya — Parij—YUNESKO qarorgohida “Amir Te-Mur” teatrlashgan kontsert dasturi va b.ning bosh baletmeysteri. Lirik jo’shqinlik, doimiy izlanuvchanlik, moziyga ziyraklik b-n murojaat etish, mumtoz asarlarga katta qiziqish va mexr b-n yondashish I. ijodiga xos. “Do’stlik” ordeni b-n taqdirlangan (1998).