Issiqlik reaktori
Issiqlik reaktori – yadro yoqilg’isining bo’linish reaktsiyasi ko’pincha issiklik yoki sekin neytronlar b-n vujudga keladigan yadro reaktori. I. r. ning tez reaktorlardan farqi I. r. ning faol (aktiv) zonasida neytronlar- ni samarali sekinlashtirgich (suv, og’ir suv, grafit va b.) borligidir. Bu muhitda yadro yoqilgisi tabiiy uran yoki 235U, 239U, yohud 233U ham bo’ladi. O’zaklarida yadro yoqilg’isi bo’lgan issiklik ajra- tuvchi elementlardan tashqari bu zonada yutuvchi elementlari bo’lgan boshqarish sterjenlari joylashtiriladi. Aktiv zonali neytronlar qaytargich (beril- liyli, grafitli va b.) b-n o’raladi. Yadro yoqil-g’isini sovituvchi issiklik elt- gichlar sifatida, asosan, suv (og’ir suv), geliy, karbonat angidrid, organik Su- yukliklar ishlatiladi. Atom yadrolari- ning bo’linishi, asosan, tez neytronlar hisobiga yuz beradigan tez reaktorlarga nisbatan issiklik (sekin) neytronli reaktorlarda yadro yoqilg’i-sining kri- tik massasi kichik, konst-ruktsiyasi sodda bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlarida qo’llaniladi. I. r. ning energetik va tadqiqot xillari bor.