ISSIQDAN HIMOYA QILISH

ISSIQDAN HIMOYA QILISH – yuqori trali sharoitda ishlovchi qurilma va apparatlarda myo’yoriy t-ra sharoi- tini ta’minlash vositalari majmui. Uchish apparatlari va kosmik apparat- lar atmosferaning zich katlamlarida harakatlanganda ularni aerodinamik qizishdan saqlash, havo-re-aktiv DVI- gatellar va raketa dvigatellarining yonish kameralarini hamda soplolarini asrash uchun aviasiya va raketa texnikasi- da keng kullaniladi. I. h. q. ning faol (aktiv) va sust (passiv) usullari bor. Faol usulda gazeimon eki suyuq sovitkich himoya qilinadigan sirtga yuboriladi va u sirtga keluvchi issiqlikning asosiy qismini o’ziga qabul qilib oladi. Bunga konvektiv, qurshama (o’rama), plyon-kali, g’ovakli sovitish usullari kiradi. Sust usulda issiqlikoqimining ta’sirini maxsus konstruktsiya tashqi qobiq yorda- mida yoki asosiy kon-struktsiyaga sur- kalgan maxsus qoplama yordamida qabul qiladi. Bunga issiqlikni yutuvchi kon- struktsiyalar, “radi-asion” qurilmasi, emiriluvchi qop-lamalar yordamida I. h. q. kiradi. I. h. q. suv osti ishlarida, metallurgiya, aviasiya, raketa texnika- si va b. sohalarda kullaniladi. Rake- ta texnikasida I. h. q. uchun ballistik raketa va kosmik apparatlarning bosh qismi va qiziydigan qismlari issiqlik o’tmaydigan material b-n qoplanadi. Qurilma yoki apparatlar loyihalanganda I. h. q. choralari ko’zda tutiladi. Kuchli issiq sharoitda ishlaydigan kishilarga maxsus kiyim-bosh beriladi.