Islom konferentsiyasi tashkiloti
Islom konferentsiyasi tashkiloti (IKT) — hukumatlararo xalqaro tashkilot. Islom mamlakatla- ri davlat va hukumat boshliqlarining 1-konferentsiyasida (1969 y., Rabot sh., Marokash) asos solingan. Islom dav- latlari tashqi ishlar vazirlarining 3-konferentsiyasida (1973 y., Jidda sh., Saudiya Arabistoni) ta’sis etilib, usta- VI qabul qilingan. Hozir IKT diniy mushtaraklik asosida jami 55 davlat- ni, jumladan, mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlarini, shuning- dek, Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) ni birlashtiradi. IKT ustaviga binoan uning maqsadi a’zo davlatlar o’rtasida Islom birdamligini rag’batlantirish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, il- miy va b. sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, irqiy kamsitishni, barcha shakldagi mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish, tinchlik va xavfsizlikni saklat uchun tadbirlar belgilash, Fala- Stin Arab xalqining o’z huquqlarini ti- klash va uning erlarini ozod qilish uchun kurashini qo’llab-quvvatlash kabilardan iborat. IKTning rahbar organlari dav- lat va hukumat boshliqlari konferen- tsiyasi (1981 y.dan har 3 y.da bir marta chaqiriladi) va tash-Qi ishlar vazirla- rining konferentsiyasi (xar yili yoki zarurat tug’ilganda chaqiriladi) va bosh kotib rahbarligidagi kotibiyatdir. IKT qarorgohi Jidda sh.da joylashgan. IKT huzurida Islom taraqqiyot banki, fan va texnika sohasida hamkorlik bo’yicha doimiy qo’mita faoliyat ko’rsatadi. 1975 y.dan IKTga Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) huzurida kuzatuvchi maqomi belgilangan. O’zbekiston Res- publikasi (1996 y.dan) IKTga to’liq a’zo bo’lib kirgan.