Ikki palatali tizim

Ikki palatali tizim – dav- lat xuquqida vakolatli organ tarkibida, odatda, alohida-alohida ishlaydigan 2 palata (quyi va yuqori palata)ning mav-judligi. Palatalar turlicha yo’l b-n tu- ziladi va turlicha vakolatga ega bo’ladi. Tarixan quyi palata bir muncha demo- kratik hisoblangan, shuning uchun ari- stokratiya manfaatlarini ifoda etuvchi yuqori palata unga qarshi qo’yilgan va bu palata quyi pala-taga nisbatan tizgin- lovchi vazifasini o’tashi kerak bo’lgan. I.p.t. hozirgi vaqtda Federativ dav- latlart ham, uni-tar davlatparsa ham mavjud. Parlamentning quyi palatasi hamma vaqt be-vosita aholi tomonidan saylanadi. Yuqori palata turli yo’l b-n — bilvo-Sita saylovlar (Frantsiya, Avstriya, GFR) yoki to’g’ridan-to’g’ri say- lovlar (AQSh, Italiya, Avstraliya, Yapo- niya) yo’li b-n shakllantiriladi. Ayrim mamlakatlarda yuqori palata nasldan naslga o’tish belgisi bo’yicha tuziladi (Buyuk Britaniya), yoki uning a’zolarini davlat boshlig’i tayinlaydi (Kanada). Bir qancha hollarda yuqori palatalar aralash yo’l b-n shakllantiriladi: a’zo- larning bir qismi saylanadi, bir qismi tayinlanadi, qolganlar nasldannaslga o’tish qoidasiga ko’ra o’z o’rnini egallay- Di (Nepal). Yuqori palatalarning depu- tatligiga nomzodlar uchun, odatda, ancha qattiq talablar qo’yiladi (birmuncha yuqori yosh tsenzi va b.). Hoz. parlament- larning ko’pchiligida yuqori palatalar- ning huquqlari quyi palatalarnikiga nisbatan cheklangan (mas, ko’p mamlakat- larda moliyaviy qonun loyihalarini faqat quyi palatalar kiritishi mum- kin, yuqori palatalar esa ularning qabul qilinishiga biron-bir ta’sir ko’rsa-ta olmaydi). Bir palatali tizimda ishlab kelgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majli- si 3chaqiriqpan e’tiboran 2 palatali tizimga o’tadi. Bu haqda 2002 y. 27 yanv. da mamlakatda umumxalq referendumi o’tkazildi. “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishi- ning asosiy printsiplari to’g’risida”gi O’zRning Konstitusiyaviy qonuni (2002 -“i. 4 apr.)ga ko’ra, O’zbekiston Respubli- kasi Oliy Majlisi ikki palatadan — O’zR Oliy Majlisining Qonunchilik Pa- latasi (quyi palata)dan hamda O’zR Oliy Majlisining Senati (yuqori palata)dan iborat bo’ladi.