IKKINCHI SIGNAL SISTEMASI

IKKINCHI SIGNAL SISTEMASI — faqat odam uchun xos bo’lgan, so’zlar vositasida yuzaga chikadigan bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining faoliya- ti. I.s.s. eshitiladigan, so’zlanadigan yoki ko’zga ko’rinadigan so’zlar (nutq) vositasida amalga oshadi. Bu tushun- chani 1932 y. da I. P. Pavlov odam b-n hayvon bosh miyasi faoliyati o’rtasidagi farqni ifodalash maqsadida taklif etgan. I.s.s. birinchi signal sistema- si asosida yuzaga chiqadi. Chunki so’zlar birinchi signal sistemasi signalla- ri umumlashmasi, “signallar signali” hisoblanadi. Bunday umumlashuv shart- li reflekslar xrsil qilish b-n boglik. Narsa va hodisalarning umumlashgan tasviri, ya’ni so’zlar tufayli inson bu- tun borliq to’g’risida mavhum fikrlash va uni ilmiy taxlil qilish uchun cheksiz katta imkoniyatga ega bo’ladi. I.s.s. EVO- Lyusiya jarayonida biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida paydo bo’lgan, yashash uchun kurash va irsiy o’zgaruvchanlik aso- sida bosh miya po’stlog’ining tobora ta- komillashuvi, ijtimoiy mehnat va ki- shilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tufayli kishilarda nutq vujudga kelgan va rivojlangan. I. s. s.ning shakllani- shi bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining barcha qismlari b-n bog’liq. Zamonaviy neyrofiziologik tadqiqotlar (miyaga Mikroelektrod o’rnatish) verbal (so’z) signallarining kodlashish mexanizmini o’rganishga imkon beradi.