Ilohobod, Ollohobod

Ilohobod, Ollohobod — Hindistoning shim.dagi shahar, Uttar- Pradesh shtatida, Jamna daryosining Gang daryosiga quyilish erida joylashgan. Aholisi 806 ming kishidan ziyod (1990-y. lar o’rtalari). Transport yo’llari tugu- ni. Shahar o’rtasidan o’tgan t. y. uning ko’hna qismini yangi qismidan ajratib turadi. I.ningzamonaviy qismida yangi turar joy mahallalari, oziq-ovqat, ta- maki, oyna sanoati korxonalari joy- lashgan. Diniy marosim buyumlari ish- lab chiqariladi. Un-t (1887 y.) bor. I. — hindularning diniy bayram o’tkazadigan va ziyoratgoh joyi. Musulmon va hindu me’moriy yodgorliklari ko’p, jumladan podsho Ashoka davridan (mil. AV. 242 y.) qolgan tosh ustunlar, katta “Xusrav bog’i” (bu bog’da podsho Jahongirning o’g’li Xusravning makbarasi bor, 17-a.) va b. I.ning bunyod etilgan vaqti noma’lum. Qad. Hindistonda u Prayaga deb atalgan. Akbarshoh Prayaga yaqinida 1583 y.da Ilohobod qal’asini qurdirgan; shu vak- tdan shahar ham I. deb atala boshlagan.