Insektisidlar
Insektisidlar (lot. insectum qasharot va caedo — o’ldiraman) — za- rarkunanda hasharotlarni yo’qotish uchun ishlatiladigan kimyoviy modda- lar. I. yordamida zararkunanda, shunin- gdek, yuqumli kasalliklar tarqatuvchi hasharotlarga qarshi kurash olib bori- ladi. Sirtdan (hasharot tashqi qop-lami orqali singadi), nafas olish yo’llari orqali, ichdan (ozuqa b-n birga oshqozon ichak a’zolariga kiradi), singib ta’sir qiluvchi (o’simlik to’qi-malariga il- diz va bargdan singuvchi) turlari bor. Ko’pgina I. ham sirtdan, ham ichdan ta’- sir etish xususiyatiga ega. Ichdan ta’sir qiluvchi I. zararkunandalarning egan ovqati b-n oshqozonga tushib, ularni o’ldiradi; nafas yo’llari orqali ta’- sir qiluvchi I. hasharot tanasiga nafas yo’lidan, sirtdan (teri orqali) ta’sir qiluvchi I. esa terisidan kiradi. Ba’- zi I. o’simlikka ildizi va bargi orqali kirib, uning shirasini hasharot uchun zaharli qilib qo’yadi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra anorganik va organik I.ga bo’linadi. Anorganik I.ga turli xil metall birikmalari, shu jum- ladan keng ishlatiladigan oltingugurt preparatlari misol bo’ladi. I.ning katta guruhini yuqori fiziologik faollikka ega bo’lgan organik birikmalar tashkil etadi. U xlororganik, fosfororganik, kar-bamatli birikmalarga bo’linadi. I. ho’llanuvchi kukun (suvli suspenziya qilib purkash uchun), dust (ekinlariga changitish, urug’ni upalash uchun), emul- siya kontsentratlari yoki emul-siyalanuv- chi kontsentrat (suvda suyultirib emul- siya holida purkash uchun), maxsus (o’ta kichik hajmda purkash uchun preparatlar, pasta, tutun shashkalari, aerozollar, fumigasiya uchun va b.) hamda donador- langan preparatlar (tuproqqa urug’b-n birga yoki Nihol paydo bo’lgandan so’ng solish uchun) holida ishlab chiqariladi. I. ta’sir kuchi bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Ularning ta’sir kuchi darajasi ko’pgina omillar- ga, birinchi navbatda, birikmaning ki- myoviy tarkibiga bog’liq. Mac, tarkibida margimush, simob bo’lgan, shuningdek, xlororganik preparatlar strukturasi juda barqarorligi b-n ajralib turadi. Ko’pgina fosfororganik I. yorug’lik, na- mlik va muhitning biologik omilla- ri ta’sirida tez parchalanadi, shuning uchun ham bu preparatlar o’simliklar uchun xavfsizdir. Odam va is-siqqonli hayvonlarga ta’siri jihatidan ham I. bir-biridan keskin farq qiladi. I.ning zaharlilik darajasi o’rtacha o’lim do- zasini (ya’ni sinovdagi hayvonlarning 50% nobud bo’lishi-ni) ko’rsatadigan O’D50 belgisi b-n ifodalanadi. Qabul qilingan tasnif bo’yicha preparatlar- ning zaharlilik darajasi (sinovda- gi hayvonlarga ichdan ta’sir etganda) quyidagicha guruhlanadi: o’ta zaharli (O’D50—50 mg/kg gacha), zahari kuchli (O’D50—50—200 mg/ kg), o’rtacha zaharli (O’D50—200—1000 mg/kg), zahari kuchsiz (O’D50—1000 mg/ kg dan yuqori). Dehqonchilikda I.dan ekinlarni za- rarkunandalarni himoya qilishda keng foydalaniladi. Insektisid preparat- larning ta’sir etuvchi moddasi tarzida foydalaniladigan kimyoviy moddalar- ning soni (jahon miqyosida) 300 dan ortiq, ularning preparat shakllari 5 mingga yaqin. K,, x. zararkunandalari — hasharotlarga qarshi kurash muammolari- ning jadal o’rganilishi hamda samarasi yuqori va issiqqonli hayvonlar uchun xavfi kamroq yangi preparat va birikma- larning kashf etilishi tufayli I.ning turxili doimo yangilanib bormoqda. Hoz. sharo-itlarda mishyak va ftorli noorganik I. qo’llanilmaydi. Rivoj- langan mamlakatlarda, shu jumladan, O’zbekistonda xam ilgari ishlatib kelin- gan DDT va bir qancha xlororganik (poli- dofen, anabazin va nikotin sulfat kabi zahari kuchli) I.ni endilikda q. x.da qo’llash taqiqlangan. Ular o’rniga zahari kuchsiz va o’rtacha zaharli I. tav-siya etil- gan, jumladan, fosfororganik birikma- larni qo’llash tobora kengaymoqda. Key- ingi yillarda q. x.da sarf me’yori oz (1 ga maydonga 25-200 g) va zahari nisbatan kuchsiz bo’lgan sintetik piretroidlarlan ko’proqfoydalanilmoqda. O’zbekistonda 90-y.larning 2-yarmidan boshlab G’arbiy Evro-padagi kimyo kontsernlarida (“Sibo Geyga”, “Bayer” va b.) ishlab chiqarilgan I. ko’proqqo’llaniladi. O’zbekistonda ularning vakolatxonalari ochilgan. I.larning suv havzalariga tu- shishini, asalari va b. foydali hasharotlarning zaharlanishi, hayvon va o’simlik mahsulotlarida to’planishi va b. zararli ta’sirining oldini olish uchun ularni saqlash, qo’llash, tashish qoidalariga qat’iy amal qilish kerak (yana q. Pestisidlar). Sulton Alimuhamedov.