Imtihon
Imtihon — o’quvchi va talabalar bilimini tekshirish usullaridan biri. I.lar davlat imtihoni, kirish, sinfdan sinfga (kuredan kurega) ko’chirish, tanlov I. va b. turlarga bo’linadi. Dastlab Xi- toyda Xan sulolasi xukmronligi davri (mil. AV. 206 — mil. 220 y.) da paydo bo’lgan. I. o’qimishli kishilar orasidan amaldor buladiganlarni ajratib olish zaruriyatidan kelib chiqqan. Amal talab- gorlari Konfutsiy ki-toblari buyicha bilimdonliklarini kursatuvchi davlat I.ni topshirish va ilmiy daraja olish- lari zarur bo’lgan. O’rta asrdan Evropa un-tlarida bakalavr yoki magistrlik da-rajasini olish da’vogarlarining bili- mini sinash uchun kiritilgan. 19-a. bosh- lariga kelib, Evropaning barcha mamla- katlariga yoyildi. O’zbekistondagi umumiy ta’lim MAK- tablarida sinfdan sinfga kuchirish va bitirish I.lari topshiriladi. Kuchirish I.lari ta’lim muassasalari tomoni- dan ishlab chikilgan va tegishli tashki- lotlar tasdiklagan Nizomga muvofiq uqishning muayyan bosqichida olinadi. Bitirish I.lari esa, ta’lim tizimining biror bug’inida o’qiyotgan o’quvchi tomo- nidan o’quv yurtini tugatish paytida topshiriladi. Bitirish I.larini I. ko- missiyalari qabul qiladilar. I.larning kaysi fanlardan topshirilishi, qachon, qay tarzda o’tkazilishi muayyan huquqiy hujjatlar orqali belgilanadi. I.da yozma ish mavzulari va og’zaki I. savol- lari ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etuvchi va yo’naltiruvchi tashkilotlar to- monidan ishlab chiqiladi. Maktablarda I.ga ko’yilgan yillik va I. baholaridan pedagogik jamoa yakuniy baho chiqaradi. Bu baho o’rta maktabni tugatganlik to’g’risidagi guvohnomaga ko’yiladi. Oliy, o’rta maxsus va kasbhunar o’quv yurtlariga o’qishga kirish uchun tanlov asosida kirish I.lari o’tkaziladi. O’zRda 1992 y.dan kirish I.larini olish test yo’li b-n amalga oshirilmoqda. Oliy maktab talabalari hamda akademik li- Tsey va kollejlarning o’quvchilari har bir semestr yoki kurs oxirida I. topshi- radilar. Ularni bitiruvchilar esa dav- lat imtihoni topshiradilar. Oliy o’quv yurtlarining bakalavriat bosqichida davlat I.lari b-n birga bitiruv ishi ham himoya qilinadi. Ijodiy yondashuv va alohida tayyorgarlik talab etiladigan oliy maktablarda kushimcha I. joriy eti- ladi. Milliy ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida reyting joriy etilishi munosabati b-n oliy ukuv yurtlaridagi kuredan kurega ko’chirish imtihonlarida jiddiy o’zgarish sodir buldi. Reyting usuli talabalarni yil davomida uzluk- siz shug’ullanishga va bilim asoslarini puxtaroq egallashga olib keladi.