Industrial moylar, sanoat moylari
Industrial moylar, sanoat moylari — mashina va mexanizm- larni moylash uchun ishlatiladigan neft mahsulotlari. Qovushoqlik da- rajasiga ko’ra engil, o’rta va og’ir moy- larga bo’linadi. Engil I. m. (50° da qovushoqligi 5 — 10 est (1sst = 10 6 m2/ sek), qotish t-rasi ?q=25° gacha) — ve- losit, texnik vazelin, separator moyi. To’qimachilik sanoatidagi yigirish va pishitish ma-shinalari, tikuv mashi- nalari, metall ishlash stanoklarining shpindellari, nazorat-o’lchash asbobla- rini va b.ni moylash uchun ishlatiladi. O’rta I. m. (50° da qovushokligi 10-50 est, qotish t-rasi ‘q=30°) — urchuq moyi, mashina moyi, telegraf moyi. O’rtacha tezlik va nagruzkada ishlaydigan ma- shina va me-xanizmlar, kichik quvvatli elektr DVI-gatellar va metall ishlash stanoklarining gidrotizimlari shunday moylar b-n moylanadi. Og’ir I. m. (100° da qovushoqligi 10-30 est, qotish t-rasi ancha yuqori) kichik tezliklarda, lekin katta nagruzka b-n ishlaydigan sanoat uskunalari, mas, temirchilik-presslash uskunalari, tishli uzatmalar va b. ni moylash uchun ishlatiladi. Sanoat moylari, turbina moylari, kompressor moylari, gidravlik moylar, bug’oqimli vakuum nasoslarda ish jismi sifatida ishlatiladigan moylar xam I. m. hisoblanadi.