Infuzoriyalar
Infuzoriyalar (Infuzoria, Ciliophora) — yuksak rivojlangan bir hujayrali hayvonlar tipi. Tanasining uz. 12 mkm dan 3 mm gacha. Tashqi ko’ri- nishi har xil; erkin va o’troq, yakka va koloniya bo’lib yashovchi turlari bor. Harakatlanish organoidlari tanasini qoplab turuvchi kipriklardan iborat. Tanasi yupqa va pishiq pellikula qobiq b-n qoplangan. Yadrosi 2 xil: bitta kat- ta yadro (makronukleus) va bitta yoki bir necha kichik yadro (mikronukleus)dan iborat. Katta yadro loviyasimon, zanjir- Simon, taqasimon yoki boshqa shaklda, kichik yadro dumaloq bo’ladi. I. hazm qilish va ayirish organoidlarining ancha murakkab tuzilganligi b-n boshqa bir hujayralilardan farq qiladi. Er- kin yashovchi I. da og’izoldi chuqurchasi, og’iz, halqum, hazm qilish vakuollari va chiqarish teshigi bo’ladi. Qisqaruvchan vakuollari 2 ta, murakkab tuzilgan bo’lib, tsitoplazmadan suyuklik yig’uvchi uzun naychalar, Su-yukdik saqlovchi rezer- vuar va chiqarish naychasidan iborat. I. ning ektoplaz-masida himoya vazifasini bajaruvchi ipsimon otiluvchi tanacha- lar (trixo-tsistalar) joylashgan. Para- zit I. ning og’iz teshigi va qisqaruvchan vakuollari bulmaydi. Bakteriyalar va suv utlari b-n, og’izsiz parazit turla- ri fagositoz usulda oziqlanadi. I. ik- kiga bo’linish, ketma-ket bo’linish, ko’p marta bo’linish, kurtaklanish orqali ko’payadi. I. da jinsiy jarayon ikkita infuzoriya o’rtasida irsiy belgilarning almashinuvi (kon’yugasiya) orqali so- dir bo’ladi. 8000 ga yaqin turi ma’lum. Dengiz, chuchuk suv va tuproqda uch-raydi. 2 sinf (kiprikli va so’ruvchi infuzori- yalar) ga bo’linadi. Ayrim infuzoriyalar hayvonlar (halqali chu-valchanglar, mol- lyuskalar, sut emizuvchilar) oshqozonida simbioz yashaydi. Kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilar osh-qozonida ofrioskoleks infuzoriyasi yashaydi. Bir qancha I. Pa- razitlik qiladi. Baliqlarda ixtiof- tirius, uy hayvonlari va odamlarda ba- lantidiy parazitlik qilib, katta ziyon keltiradi. Ayrim infuzoriyalar (mas, tufelka) lab. hayvonlari hisoblanadi.