Gegel (Hegel) Georg Vilgelm Fridrix
Gegel (Hegel) Georg Vilgelm Fridrix (1770. 27. 8, Shtutgart — 1831. 14. 11, Berlin) — yirik nemis fayla- Sufi, nemis mumtoz falsafasining eng mashhur vakili. 1788-93 y. larda Tyu- Bingen in-tida taxsil olgan. Bu erda falsafa va ilohiyotni o’rgangan. Bernda (1793-96), Frankfurtmaynda (1797— 1800) zodagon oilalarda o’qituvchi, iena (1801-07), Geydel-Berg (1815-18) un-tlarida prof., Nyurnberg gimnaziya- sida (1807-16) direktor, ayni paytda, “Bamberg gazetasi” da muharrir, Berlin un-ti prof. (1818-28), rektori (1829-30). G. o’z ta’limotini butun G’arb falsafa- si rivojining yakuni, deb hisoblagan bo’lsada, aslida, uni yangi davr Ev- ropa falsafasi taraqqiyotining so’nggi, yuqori bosqichi deyish mumkin. G. falsafiy ta’limotida barcha tabi- iy va ijtimoiy hodisa hamda jarayon- larning tubida “olamiy ruh”, “olamiy aql”, “mutlaq ruh”, “mutlaq g’oya”, deb atalmish mavhum ruhiy ibtido borli- gini asoslashga harakat qilgan. Mazkur ruhiy ibtido shuning uchun ham olamiy, mutlaqki, uning mavjudligi hech qanday boshqa narsaga bog’liq bo’lmay, u tabi- at va jamiyat vujudga kelgunicha mavjud bo’lgan. Bu ma’noda, “olamiy”, “mutlaq” ruh tushunchasi “ilohiy ong” tushuncha- siga hamohang va mutanosibdir. Fayla- sufning e’tirof etishicha, falsafaning mazmuni, uning ehtiyoj va manfaatlari dinning ehtiyoj hamda manfaatlari b-n tamomila mushtarak, umumiydir; dinga xos narsa abadiy haqiqat, Xudo va uni anglashdir; falsafa dinni qay darajada kashf qilsa, o’zini shu darajada namoyon etadi va aksincha, u qay darajada o’zini namoyon etsa, dinni shu darajada kashf qiladi; din va falsafa o’zaro mutano- sibdir. G. ning fikricha, agar Xudo din- da e’tiqod shaklida tasavvur qilinsa, u falsafada mantiqiy yo’l b-n bilinadi. G.ning ta’kidlashicha, Xudo barcha narsa- larda mavjud bo’lib, u faqat sof tafak- kurdagina, o’zining mohiyatiga mutano- sib shaklda, mukammal namoyon bo’ladi. G. falsafasida yakun topgan mutlaq bilim Xudoning inson timsolidagi “o’zini o’zi bilishdan” boshqa narsa emas. G. ta’limotida rivojlanish “triada” — 3 bosqichlilik (tezis, antitezis va sintez) shaklida yuz beradi. Shunga mu- vofiq, mazkur falsafaning Markaziy tushunchasi — “mutlaq ruh” dialektik rivojlanish jarayonida 3 bosqichni bo- sib o’tadi: 1. “Mutlaq ruh” ning tabiat yaratilganiga qadar bo’lgan sof tafakkur bosqichi. 2. “Mutlaqruh” ning tabiatga aylanishi. 3. “Mutlaq ruh” ning tabiati- ing inkori sifatida yana o’ziga qaytishi. G. ta’limotiga binoan olam ruhiy ta- biatga ega, uning rivoji shu sababdan ham yuz beradiki, sof ilohiy tafakkur – ning ichki mazmuni, muayyan bosqichda, unga hech ham mutanosib bo’lmagan jis- miy borliq — tabiat shakliga o’tadi va shu bois, uning uchun mudhish holat — ziddiyat vujudga keladi. Harakat — dialektik rivojlanishning muhim tamoyili bo’lib, u ayni ziddiyatning mahsulidir. Xuddi tabiatiing o’zida ruhning undan, ya’ni o’zining “o’zgacha borlig’i — begonalashuvidan” yana “o’ziga qaytishi” boshlanadi. O’z hayotining ilk bosqichlarida hali tabiat qo’ynida bo’lgan inson ongning vujudga kelishi (fenomenologiya) natijasida o’z mavjud- ligining ibtidoiy holatidan asta-se- kin uzilib, ko’tarila, yuksala boshlaydi va u ruhiy mavjudot (“sub’ektiv ruh”) sifatida, o’zining bunday mohiyatini tegishli (anglovchi va xoxlovchi) xusu- siyati va uning mazmuniga mos tarzda payqamas, o’zlashtirmas ekan, ibtidosi qanday bo’lsa, shundayligicha qolaveradi. “Ob’ektiv ruh” ning ko’rinishlari ij- timoiy hayot shakllari — huquq, axloq, urf-odat va davlat ham xuddi shunday ta- drijiylik jarayonlarini bosib o’tadi. Bu erda ham boshka joylardagidek, uchinchi bosqich uzidan avvalgi ikkita- sining omixtasi (sintezi) hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda huquqiy mazmun b-n axloqiy e’tiqodning mushtarakli- gi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mazkur mushtaraklik davlat timso- lida o’zining oliy ifodasini topadi. Xudo sub’ektivlik b-n ob’ektivlik- ning (biluvchi va biluvchiga bog’liq bo’lmagan mohiyatning) birligidir. Sub- stantsiya (mohiyat) va biluvchi (sub’ekt) ning mutlaq ayniyligini mushohada qilish, tasavvur etish va bilish, ya’ni “mutlaq ruh” ning uchta shakli “ob’ek- TIV ruh” ning tegishli ko’rinishlariga tayanadi. Mazkur mushtaraklik san’atda “mushohada” qilinadi, dinda esa “tasav- vur” etiladi, faqat mutlaq ilm — fal- safada u bilinadi, ya’ni ayni shu erda pirovard maqsadga — inson cheklan- gan mohiyatining cheksizlikka daxldor bo’lishligiga erishiladi. Ilohiy aql b-n ana shu mushtaraklik g. falsafasi- ning sir-sinoati, asl ma’nosini tash- kil etadi. G. ning falsafiy ta’limoti davlat va tarixii tushunish sohalariga katta ta’sir kursatdi. U umumiy jahon tarixiga “olamiy ruh” ning o’zini o’zi anglash jarayoni va shu b-n birga “ozod- likni anglashdagi taraqqiyot” sifatida qaraydi. Biroq ozodlik shundan ibo- ratki, inson o’zining “mutlaq g’oya” b-n mohiyatan birligini biladi va o’zini ob’ektiv ruh hosilalari hamda uning xohish-irodasi (davlat va huquq) b-n ten- glashtiradi. Bu hosilalar pirovard na- tijada “mutlaq ruh” tomonidan vujudga keltirilgandir. Ozod fuqaro o’zining umumozodlik b-n jiddiy o’xshashligini anglaydi, qonun tashqi buyruqqa o’xshab ko’rinishini uning o’zi biladi. G. falsafasida tabiat va tafakkurning, ayni paytda jamiyat dialektik rivoj- lanishining poydor tamoyillari — ziddiyat, sifat va mikdor o’zgarishlari, inkorni inkor konunlari ifodalangan. G. ta’limoti tizimining turli sohalarida Sharq, jumladan O’rta Osiyo xalqlari tarixi, falsafasi, diniy, ba- diiy va umuman ma’naviy dunyosi masa- lalari tegishli tarzda talqin topgan. Asosiy asarlari: “Ruh fenomenologiya- si” (1807), “mantiq fani” (1812— 16), “Falsafa fanlari entsiklopediyasi” (1817), “huquq falsafasi” (1821), “din falsafasi buyicha lektsiyalar”(1832), “Falsafa tarixi buyicha lektsiyalar” (1833-36), “estetika bo’yicha lektsiya- lar” (1835-38), “Tarix falsafasi buy- icha lektsiyalar” (1837). Abdulhafiz Ja- lolov.