Gelmintologiya

Gelmintologiya (gelmint- lar va …logiya) — parazit chuvalchanglar — gelmintlar hamda odam, hayvonlar va o’simliklarda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni o’rganadigan fan. G. parazit chuvalchanglarning tuzili- shi, fiziologiyasi, biokimyosi, rivojla- nishi, ekologiyasi, geografik tarqalishi va zoologiya sistemasidagi o’rnini, shu- ningdek ularning xo’jayin organizmi- ga ta’sirini o’rganadi, gelmintoz ka- salliklarga (q. Gel’mintozlar) tashhis qo’yish, ularning klinik belgilari, patogenezi, epidemiologiyasi va epi- zootologiyasini o’rganish, ular asosida davolash va profilaktik tadbirlar ish- lab chiqish ham g.ning vazifalariga ki- radi. Parazit chuvalchanglarni o’rganish tufayli g., bir tomondan, zoologiyaning bir tarmog’i bo’lsa, ikkinchi tomondan, gelmintlarning patogenlik xususiya- ti va ularga qarshi kurash choralarini o’rganish orqali klinik fanlar — pat- fiziologiya, patanatomiya, biokimyo, im- munologiya va b. b-n bog’langan. Amaliy G. tibbiyot va Agronomiya g.siga ajrati- ladi. G.ning bunday bo’linishi aksariyat sun’iy bo’lsada, amaliy jihatdan zarur hisoblanadi. Tibbiyot G.si odam organiz- mida parazitlik qiladigan gelmintlar- ni o’rganadi. Agronomiya G.si o’simliklar gelmintlarini o’rganish va ularga kar- shi kurash tadbirlarini ishlab chiqish b-n shug’ullanadi. Veterinariya G.si esa xonaki, ov qilinadigan va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiladigan gel- mintlarni va ularga qarshi kurash cho- ralarini o’rganadi. Odamlarda parazit- lik kiladigan gelmintlar to’grisidagi dastlabki ma’lumotlar Abu Ali ibn Snnoning “kitob-ash-shifo” asarida uch- raydi. Unda ibn Sino odam ichagida Pa- razitlik qiladigan “katta va uzun qurt” (qoramol tasmasimoni), “qovoq urug’iga o’xshash qurt”(qovoqsimon gijja), “MIT- ti qurt” (kichik zanjirsimon gijja) va b. hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash haqida ma’lu- motlar bergan. G. sohasidagi dastlab- ki tadqiqot rus sayyohi A. P. Fedchenko tomonidan 1868 y.da olib borilgan. U Samarqandda rishtaning biol. Sini o’rgangan. G. sohasidagi tadqiqotlar 20-a.ning 20-y.laridan boshlab O’rta Osiyo davlat un-ti, tibbiyot parazito- logiyasi in-ti hamda bir qancha tropic st-yalarning tashkil etilishi b-n ken- gayib bordi. L. M. Isaev rishta hayotini o’rganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi va tibbiyot parazitologiyasi sohasidagi tadqiqotlarni boshlab ber- Di. Bu boradagi ishlar keyinchalik S. N. Bobojonovning tadqiqotlarida o’z aksi- ni topdi. O’zbekistonda veterinariya g.si sohasidagi tadqiqotlarga N. V. Badan i n asos solgan. Yovvoyi va uy hayvonlari gelmintlarining turlar tarkibi, bio- logik va ekologik xususiyatlari hamda ularga qarshi kurash usullari M. A. Sul- tonov, I. X. Ergashev, J. A.Azimov, N. M. Matjonov, A. N. Brudastov, B. S. Sa- limov. Sh. A. Azimov, M. A. Aminjonov, A. O. Oripov, S. Dadaev, G. S. Po’latov va b.ning ishlarida aks etgan. O’zbekistonda fitogelmintlarni o’rganishni E. S. Ki- ryanova boshlab bergan. Turli xil q.x. ekinlari ildizi va uning at-rofidagi tuproq nematodalarini o’rganish A. T. To’laganov va shogirdlari ishlari b-n bog’liq. G’o’za, kanop, sabzavot va em-xashak ekinlari, subtropik o’simliklarning nematodalari o’rganilgan; bo’rtma nema- todalariga qarshi kurashning profilak- tik va kimyoviy usullari ishlab chiqilgan (A. T. To’laganov, O. 3. Usmonova, O. Mav- lonov, 3. Norboev, Sh. Xurramov, A. I. Zemlyanskaya va b.). Tuproqda erkin yashov- chi gelmintlarning indikatorlik xusu- siyatlari, parazit fitogelmintlar EVO- lyusiyasi ular zararlaydigan o’simliklar b-n birga borishi ochib berilgan (o. Mavlonov, 3. Norboev). Fitogelmint- larning 600 dan ortiq turi, jumla- dan 80 ga yaqin yangi turi aniqlangan. Keyingi yillarda g.da asosiy e’tibor ekologiya, biokimyo va b. eksprimental tadqiqotlarga qaratilmoqda, gelmint- lar b-n ular xo’jayinlari o’rtasidagi Pa- razit xo’jayin va filogenetik munosa- batlar tadqiq qilinmoqda. G. sohasidagi ishlar kishilar sog’lig’ini saqlash, q. x. hayvonlari mahsuldorligi va ekinlar- ning hosildorligini oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega, gelmintologik tadqiqotlar O’zbekiston FA Zoologiya, Veterinariya va chorvachilik in-tlari lab.lari, O’zMUda, shuningdek, Termiz, Samarkand, Nukus davlat un-tlari, tosh- kent, Samarkand, Andijon tibbiyot in- tlari, Toshkent pedagogika un-ti hamda Samarkand va Toshkent davlat agrar un- tlari kafedralarida olib boriladi. Jaloliddin Azimov, Ochil Mavlonov.