Gellar
Gellar (lot. gelo — qotyapman) — qattiq moddalarning ba’zi xossalari- ni namoyon qiluvchi dispers sistemalar b-n suyuqyoki gazsimon muhit. Kolloid zarrachalar yoki polimerlarning makro- molekulalari orasida molekulalararo kuchlar ta’siri tufayli ichki struktura- lar hosil qilish natijasida oquvchanlik xossasini batamom yo’qotgan Sistema iviq yoki, boshqacha aytganda. gel deb ataladi. G. shakl saklash, mustahkamlik, plastiklik va b. xossalarga ega. Ularda- gi bu xossalar turli tabiatli, moleku- lyararo kuchlar orqali o’zaro bog’langan, dispers faza zarrachalaridan tashkil topgan struktura hosil qiluvchi tur- larning mavjudligi sababli vujudga keladi. Gel hosil bo’lganida sistema- dagi dispers faza va dispersnoy muhit miqdorlari orasidagi nisbat o’zgarmay qoladi. Ba’zi gellarning tarkibida dispers faza juda oz miqdorda (1-2% gacha) bo’ladi. Tarkibida suyuklik ko’p bo’lgan ana shunday gellar liogellar deb ataladi. Ular yuqori molekulyar modda eritmalarining ivishidan hosil bo’ladi. Bular katoriga kisel, qatiq va b. kiradi. Quruq holatda olingan, tarki- bida suyuqlik oz bo’lgan yuqori polimer moddalar ham gellardir. Ular qatoriga duradgorlik elimi, kraxmal, kauchuk va b. kiradi. Tarkibida suyuqlik oz bo’lgan ana shunday quruq gellar kserogellar deb ataladi. Ko’pincha, koagulyasiya yoki “tuzlanish” hodisalari natijasida ham gellar hosil bo’ladi. Ular koagellar deyiladi. Suyuqlikka solinganda bo’kib o’z hajmini oshiradigan kserogellar elastik gellar, bu-kilmaydiganlari esa mo’rt gellar deb ataladi. Jelatin, Kau- chuk elastik gellar, silikat kislota, te- Mir (III)-gidroksid, ammoniy gidroksid gellar mo’rt gellardir. Struktura hosil qilgan sistema (gel)ning struktura hosil qilmagan sistema (zol)ga izoter- mik aylanishi tiksotropiya deb atala- Di. Tiksotropiya hodisasi katta amaliy ahamiyatga ega. Mas, erni burg’ilashda burg’i loy, kvars va b. tog jinslari qavatidan o’tadi. Suv quyib parmalan- sa, tog’jinslari quyuq massaga aylanib burg’ilashni qiyinlashtiradi. Agar suv o’rniga tiksotrop loy eritmasi (mas, bentonit suspenziyasi) ishla-tilsa, u tog jinsi b-n aralashib, tiksotrop si- stema hosil qiladi va burg’ilash oson- lashadi. Tiksotrop gellar vaqt o’tishi b-n hajmini kuchaytirib, dispersion muhitni siqib chiqara boshlaydi. Gel- ning o’z-o’zicha ikki qavatga (suyuq eritma va zich gelga) ajralish jarayoni — sine- rezis sanoat mollari va oziq-ovqat i. ch. texnologiyasida ko’p uchraydi. G. hosil bo’lishi tog’-kon ishida, polimer Mate- riallar, katalizatorlar va sorbentlar i. ch.da, farmasevtika, atir-upa va oziq- ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega.