Geoxronologiya

Geoxronologiya (Geo… va xro- nologiya) (geologik yilnoma) — er po’stidagi tog’jinslarining hosil bo’lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot. Nisbiy va mutlaq g.ga bo’linadi. Nisbiy G. tog’jinslarining Stensen qonuni deb atalmish ketma-ket qatlamlanish printsipiga asoslangan. Bu printsipga ko’ra ustida yotgan qatlam (cho’kindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) Pa- stidagidan yosh bo’ladi. Intruziv tog’ jinslarining nisbiy yoshi qatlamli tog’jinslari b-n o’zaro munosabatiga qarab aniqlanadi. Geologik kesimdagi qatlamlarning ketma-ketligini aniqlash mazkur r-nning stratigrafiyasini tash- kil etadi. Bir-biridan uzokda joylasha- Di hududlarning stratigrafiyasini so- lishtirishda paleontologik metod ishla- tiladi. Bu metod halok bo’lgan hayvon va o’simliklarning jinslardagi toshqotgan qoldiqlarini o’rganishga asoslangan. Har qaysi davr uchun o’ziga xos hayvon va o’simliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud. 19-a. boshlarida tog’jinslari- ning nisbiy yoshini aniqlashda paleon- tologik metodni birinchi marta u. Smit (Angliya), J. Kyuve (Frantsiya) tatbiq etgan. Ch. Layel, Ch. Darvin va V. O. Ko- valevskiylarning paleontologiya sohasi bo’yicha i. t.lari paleontologik metod- ning asosini yaratdi. Geologlar ko’p yillar davomida qilgai mexnati evazi- ga er po’stida qatlamlar yo’nalishining umumiy ketma-ketligini aniqlashdi. Keyinchalik bu stratigrafiya shkala- si nomini oldi. Shkalaning yuqori qismi (fanerozoy) paleontologik me- tod asosida puxta qilib tuzilgan, past- ki qismi uchun (tokembriy) toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saklanmaganligi sababli paleontologik metod cheklan- gan bo’lib, natijada unchalik mukammal bo’limlarga ajratilmagan. Tog’jinsla- rining metamorfizmi (o’zgaruvchanlik) darajasi va b. belgilari bo’yicha tokem- briy arxey (yoki arxeozoy) va protero- zoyga bo’lingan. Shkalaning fanerozoy qismi 3 guruhga (yoki eratemalarga): paleozoy, mezozoy va kaynozoyga ajra- tilgan. Guruhlar o’z navbatida sistema- larga, sistemalar bo’limlarga, bo’limlar esa yaruslarga bo’lingan. Shkalaning bir necha guruhlarni birlashtirgan qismi eonotema deb yuritiladi (mas, fanerozoy eonotemasi). Tokembriy uchun shkalada eonotemalarni birlashtirgan akrotema berilgan. Stratigrafik shkala g. shkala- sini tuzish uchun asos hisoblanadi. Stra- tifafik shkalaning har qaysi bo’limiga G. shkalasining ma’lum bo’limi mos keladi. Bo’lim (epoxa) yarus (asr)larga bo’lingan. Guruh (eratema) eraga to’g’ri keladi. Stratigrafik va unga moslashgan G. shkalasi 1881 y.da Italiyaning Bolo- nya sh.da ikkinchi xalqaro geologlar kon- gressida tasdiqlangan va o’sha vaqtdan butun jahonda umumiy hisoblanadi. Keyinchalik paleontologik metodning takomillashishi natijasida olingan yangi ma’lumotlar asosida g. shkala- siga o’zgartirishlar kiritilmoqda. Mutlaq G.da tog’jinslari va mineral- larning radiometrik yoshi aniqlanadi. Ming va mln. yillar b-n o’lchanadi. Ki- myoviy elementlarning radioaktiv par- chalanishi tezligi doimiy bo’lib, tashqi muhit ta’siridan o’zgarmaydi. Mutlaq G.ni 20-a. boshlarida frantsiyalik P. Kyuri va angliyalik E. Rezerford ta- Klif qilishgan. Ular tomonidan mutlaq G.ga qo’llanilgan printsip ayni paytga- cha ishlatilmoqda. Mutlaq G.da radio- aktiv parchalanishi uzok, yillar davom etadigan (mlrd. yil) uran va toriy ele- mentlari ishlatiladi. Tokembriyning G. shkalasi tog’jinslarining mutlaq yoshini ko’p marta aniqlab tuzilgan. Par- chalanishning oxirgi mahsulotiga qarab mutlaq g.ning qo’rg’oshin, geliy, argon, kaltsiy, strontsiy va b., shuningdek ra- diouglerod metodlari mavjud. Bulardan qo’rg’oshin (uran-toriyqo’rg’oshinli), ar- Gon (argon-kaliyli) va strontsiy (Rubi- diy-strontsiy) metodi ko’p ishlatiladi. Qo’rg’oshin metodi minerallardagi (ura- ninit, monasit, tsirkon, ortit) radiogen qo’rg’oshinni tadqiq qilishga asoslangan. Bu metod eng ishonarli hisoblanadi. Uning ijobiy tomoni shundaki, mine- ralning yoshi bir-biriga bog’liq bo’lmagan uchta tenglama yordamida aniqlanadi. Bu tenglama haqiqatga eng yaqin yoshni faqat bir marta o’lchangan tengla- ma koniyat beradi. Ayni paytda ten- glamaning qiymati 137,7 ga teng va barcha mineral, tog’jinslarida bir xil. Radioaktiv minerallarda radio- gen qo’rg’oshin b-n birgalikda oddiy qo’rg’oshin qo’shimchalari borligi sabab- li yoshni aniqlashda tuzatishlar kiri- tiladi. Qo’rg’oshin rudasishshg izotop tarkibi bo’yicha aniqlangan yosh model yosh deb yuritiladi. Amalda model yosh- ning haqiqiy yoshga mos kelishi yoki kel- masligi ko’pchilik konlarda kuzatilgan. Argon metodi kaliyli minerallarda ar- Gonning radiogen to’planishiga asoslan- gan. Zarur materiallarni osongina olish mumkin bo’lganligi sababli argon meto- Di ko’p ishlatiladi. Metodning kamchili- gi faqat ichki nazorat qilish imkonining yo’qligidadir. Chunki argon metodida tog’ jinslari va minerallarning yoshi FA- kat bitta tenglama orqali aniqpanadi. Strontsiy metodi , 87Rb ni radioak- TIV parchalanib 87Sr ga aylanishiga asoslangan. Bu metod kam ishlatiladi. Radiouglerod metodi 60000 yoshga- cha bo’lgan turli geologik ob’ekt- larning yoshini aniqlashda muhim. Absolyut G.ga oid tadqiqotlar kat- ta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari ilmiy adabiyot- larda keng yoritiladi. O’zbekistonda G. sohasidagi ishlar H. M. Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika insti- tuti hamda mineral resurslar insti- tutida bajariladi. O’zbekistonning g’arbi va Jan.dagi magmatik tog’jin- Slarining mutlaq yoshi aniqlangan. Sultonboy Husanov.