Teatr dekorasiyasi san’ati, stsenografiya
Teatr dekorasiyasi san’ati, stsenografiya —tasviriy san’atning teatr san’ati bilan bog’liq sohasi; dekorasiya, liboslar, yorug’lik, sahna texnikasi vositasida spektaklning tomosha obrazi (ko’rinishi)ni yaratish san’ati. Teatr rassomi sahnada ko’rsatiladigan har bir ko’rinish, joy, kiyim va b.ning eskizlarini yaratadi, shu eskizlar asosida dekorasiya va liboslar tayyorlanadi. Rassom illyuziya yordamida tomoshabinda turli taassurotlar tug’diradi, tarixiy davr, tarixiy sharoit to’g’risida to’g’ri tasavvurlar hosil qilinishiga erishadi. T.D.s. teatr, dramaturgiya, tasviriy san’at taraqqiyoti bilan bog’liq holda rivojlandi. Qad. marosim, o’yinlarda uning ilk ko’rinishlari (libos, niqob va b.) namoyon bo’ldi. Yunoniston teatrida mil. AV. 5-a.dayoq yordamchi qurilmalardan tashqari hajmli shakllar bilan tasviriy dekorasiyalar qo’shib ishlatilgan; Qad. Rim teatrida bu san’at rivojlantirilgan, ilk bor parda qo’llanilgan. O’rta asrlarda Osiyo (Hindiston, Xitoy, Yaponiya va b.) mamlakatlarida sahnani shartliramziy tarzda bezash hukmron bo’lgan. Uyg’onish davrida Italiyada perspektivali dekorasiyalar shakllandi, shahar maydoni yoki uzoklarga ulanib ketgan ko’chalar, o’zgarmas joylar romlarga tortilgan rasmlar yordamida yaratildi (Bramante, B. Perussi, S. Serio va b.). 17-a. boshlarida sahna mexanizmlari keng qo’llanila boshlandi, aylanuvchi 3 tomonli prizma shaklidagi qurilma tomoshabin ko’z oldida dekorasiyalarni almashtirish imkonini berdi. Texnikaning takomillashishi sahna orti (kulis) va sahna — qutini yuzaga keltirdi. 17- a. o’rtalaridan sahnada yon dekorasiyalar paydo bo’ldi va butun Evropaga tarqaddi. Buyuk Britaniyada (sag’na maydoni yuqori, quyi va orqa sahnalar, tomoshabin tomon turtib chiqqan sahna oldi — prosseniumdan iborat) maxsus teatr binosi shakllandi. Klassisizm davrida voqeaning joy va vaqt birligi qonuniga bo’ysundirilishi o’zgarmas dekorasiyalar printsipini qaror topishiga olib keldi. Hindiston, Hindixitoy mamlakatlari teatrlarida spektaklni bezatish libos, niqob, grimlar bilan cheklandi (bu an’ana 20-a. gacha davom etdi). 19-a. 1choragida Frantsiya, Buyuk Britaniya teatrlarida diorama va panorama gazli yoritgichlarning yangi shakllari bilan uyg’unlashtirgan holda qo’llaniladi. Texnikaning murakkablashishi bo’lim (AKT)lar orasida parda, elektr yoritgich (1849)ni qo’llashga, zamonaviy mavzudagi asarlarni sahnaga qo’yilishi Real hayotni aniq aks etgirishga olib keldi. 19-a. oxiridan rassomlar teatr bilan hamkorlikda sahna san’atining boshqa san’atlar qatorida tutgan o’rnini belgilovchi o’ziga xos krnuniyatlarini tadqiq qildilar. 20-a.da T.D.s. sahna texnikasi — sintetik materiallar, lyuminessent bo’yoqlar, kollaj, foto va kinoproektsiya, ko’zgular tuzilmasi, murakkab yorug’lik qurilmalari va G’.k. bilan boyidi. 60y.lardan deyarli hamma erda “sahnadan tashka ri” dekorasiyalar, “sahna — Arena”larga e’tibor kuchaydi. 70y.lar T.D.s. xalq san’ati bilan yo’g’rilgan ohanglarni qo’llashi bilan ajralib turadi, marosim niqobgrimlari, qo’g’irchoq liboslari dekorasiyaning ajralmas qismiga aylandi. T.D.s. ustalarining dramaturgiya asosida rej. va rassom tasavvuridagi erkin sahna asarini yaratishga intilishi ortdi. 20-a. T.D.s. rivojlanishi jarayonida sahnalashtiruvchi rassom spektaklning mualliflaridan biriga va “T.D.s.”ni spektaklning tasviriy rejissura (stsenografiya)si degan tushunchaga aylantirdi. Bu xususiyatlar turli oqimlar kurashi jarayonida rivojlandi, hajmlifazoviy dekorasiyalar, spektaklning tomosha obrazi rangtasvirni qo’llash hisobiga ko’rkamlashdi va ta’sirchanligi yanada ortdi. T.D.s.ga dastgox. rangtasviri ustalari katta hissa qo’shdilar. Xalq san’atining uslublashtirilgan shakllariga qizikish o’rnini saxna voqealarining ichki mantig’iga bo’ysundirilgan bezak tuzilishini izlash egalladi. T.D.s.da keksa avlod rassomlari bilan bir qatorda yosh rassomlar ham muvaffaqiyatli ijod qilmoqda. O’zbekistonda T.D.s. jahon T.D.s.ning eng yaxshi an’analari ta’sirida rivojlandi. 20-a. ma’rifatparvarlar teatri dastlabki spektakllarida hayotiy voqelikni sahnada aynan ko’rsatish, libos va pardozlarni ham hayotdagiday rasmiy tarzlarda ishlatish uslubini qo’llagan, joylarni rasmana qilib qurish odat tusida bo’lganini ko’rish mumkin, liboslar masalasida ham shunday yo’l tutilgan. Tajriba biroz ortgach, teatr asar konfliktidan kelib chiqib ziddiyatli ikki tomonni bir-biriga qaramaqarshi (kontrast) tasvirlashga o’tdi, yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham mavjud bo’lgan: har bir spektakl uchun maxsus dekorasiyalar kam ishlangan, teatrda rassomning o’zi bo’lmagan, spektakllar ko’pincha yig’ma dekorasiyalar bilan shartli ko’rsatilgan; spektakllarga kerakli libos, buyum va ashyolar uymauy yurib terib kelingan, ijaraga olingan. Td.s.ning dastlabki professional namunalari 20-a. (boshlari)da O’zbekistonda yashagan rus rassomlari (S. Yudin, S. Milenin, V. Ufimtsev va b.) tomonidan yaratildi, ulardan tao’shm olgan va ularning ijodiy rahbarligida o’zbek teatr rassomlari etishib chikdi (Sh. Shorahimov, H. Ikromov, M. Musaev va b.). Xalq hayoti, urfodatlarini, amaliy bezak san’ati, liboslarini yaxshi bilganligi rassomlarning ishlarida o’z aksini topdi, spektakllarga liboslar ularning chizmalari asosida tayyorlandi. Hayotni aynan aks ettiruvchi uslub illyuziyali dekorasiya va ko’p jihatdan shartli liboslarni yaratilishiga olib keddi, aktyorlarga turmush tarzini, personajlar qiyofasini batafsil va umumlashma tarzda ko’rsatish imkonini berdi. O’zbek teatri erishilgan yutuklarini mustahkamlash bilan birga dekorasiya san’ati va liboslar bobida jiddiy izlanishlar olib bordi, tasviriy san’atning ba’zi tamoyil va uslublarini ishga soldi, obrazli echim, maxrbatli tasvir yo’lidan bordi, kino va televidenie vositalaridan foydalandi. 60y.lar oxirlaridan Toshkent teatr va rassomlik san’ati intining teatr rangtasviri (stsenografiya) bo’limini tugatgan bir guruh rassomlarning respublika teatrlariga kirib kelishi bilan sahna asarlarining tarkibiy kismi bo’lgan tasviriy vositalar (dekorasiya, libos, grim)da yangi davr boshlandi. I. Valdenberg, V. Riftin va b.dan saboq olgan g. Brim, A. Jiboedov, R. Tumankov, A. Shibaev, bir oz keyinroqO. Ollaberganov, V. Mixaylichenko, T. Shorahimov, U. Saydaliev va b. dekorasiya san’ati va u bilan bog’liq libos, grim sohalarida tub o’zgarishlar yasashga va T.D.s.ni dastgoh va monumental rangtasvir darajasiga ko’tarishga intildilar. O’zbek T.D.s. tom ma’nodagi professional yo’lga tushib oldi. Rassom endi spektaklning sahnalashtiruvchi rej. bilan xammuallifga aylandi. Jumladan, G. Brim sahnalashtirilgan spektakllarning sahna makonini asarlar mazmuni va janriga Moe bezashda me’morlik ohanglari, tamoyillarini qo’llab katta yutuklarga erishdi (“Mariya Styuart”, “boy ila xizmatchi”, “Shoh Edip”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Buxoro”, “istehkom” va b.). 80y.larning oxiri va ayniqsa, 90y. lar, ya’ni O’zbekistonning mustaqilligi davrida o’zbek teatri tarixni idrok etish va o’zlashtirishda, buyuk allomalar va davlat arboblari hayoti va faoliyatini yoritishda katta yutuklarga erishdi, bunda teatr rassomlarining xizmati katta: tarixiy shaxslarning sahnaviy obrazlarining to’laqonli va teran mazmunga ega bo’lishida muhit tasvirini yaratgan teatr rassomlarining xizmati salmoqlidir. Respublika teatrlarida rassomlarning keksa, o’rta va yosh avlodi bir-biridan ta’sirlangan holda ijod qilmoqda. V. I. Ligay (Andijon), D. Safoev (Samarkand), T. Shorahmedov, A. Jiboedov, B. Qurbonov, B. To’raev, 3. Botirov, Sh. Abdumalikov, N. Glubokina (Toshkent), F. Rajabov (Farg’ona) va b. T.D.s. taraqqiyotiga katta hissa qo’shmoqda. Ad.: Soenovskaya A. G., Puti razvitiya teatralnodekorasionnogo iskusstva Uzbekistana, T., 1989; Qodirova D. M., XX asr O’zbekiston teatr liboslari, T., 2003. Dilafruz Qodirova.