Tegirmon

Tegirmon — 1) un tegirmoni — donni yanchib unga aylantiradigan qurilma, inshoot. Ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo’lgan. Dastlab, dondun toshlar bilan qo’lda yanchilgan. Keyinchalik oqar suv va shamol kuchi bilan ishlaydigan T.lar qurilgan. O’zbekiston hududida asosan suv tegirmonidan foydalanilgan. Suv tegirmoni do’la, kosa, shaqildoq, tosh, gupchak, parrak, yog’och, xomma va b. qismlardan iborat. Novdan tushayotgan suv parrakka urilib, tegirmon toshini harakatga keltiradi. Tegirmon toshga tegib turadigan yog’och esa kosani tebratadi. Do’ladan tushayotgan don kosaning tebranishi natijasida tegirmontosh chuqurchasiga tushadi. Tosh aylanib donni ezadi, unga aylantirib, xommaga to’playdi. Xomma unga to’lganda tegirmonchi T.ni to’xtatib, unni bo’shatib oladi. Qadimda O’rta Osiyoda ulov qo’shib ishlatiladigan T. va qo’l T.laridan ham keng foydalanilgan. Suv va shamol T.lari hozir ham ayrim joylarda saqlanib qolgan. O’zbekiston hududida shamol T. yo’q. Bug’mashinasi ixtiro qilinganidan so’ngT. ancha takomillashdi. 19-a. boshida bug’dvigatelli T.lar paydo bo’ldi. Hozir asosan elektr T.lar keng ishlatiladi. Bularda asosiy jarayonlar avtomatlashtirilgan. Jarayonlar dispetcherlik punktida turib boshqariladi. Bunda un pnevmatik qurilmalar vositasida qabul qilinadi. Don navlari bo’yicha elevatorda saklanadi. Donni T.ga solishdan oldin tozalash bo’limida tozalanadi, yuvish mashinalarida tuklari ajratiladi, donga ishlov berilib, kondisiyalanadi va aloxida tayyorlangan don aralashtiriladi. Tozalangan va aralashtirilgan don un tortish bo’limida unga aylanadi, tayyor un jo’natish bo’limida mashina bilan qoplarga solinadi va tortiladi. Iste’molchilarga un maxsus mashinalarda etkazib beriladi. Un kombinatlaridagi ishlab chiqarish. jarayonlarida 30 ga yaqin mashina va jihozlar qatnashadi; 2) turli qattiq materiallar (tosh, marmar, ruda va b.) ni maydalash uchun mo’ljallangan mashina, qurilma. Materiallarni juda mayda (5 mm dan kichik) zarrachalarga aylantirishi bilan maydalagichdan farq qiladi. Ish organining shakli, turi va tezligiga qarab besh guruhga bo’linadi: barabanli (sekin ishlaydigan sharli, sterjenli va b.), rolikli (valikli, yugurdakli, halqali, friktsionsharli, o’rtacha tezlikda ishlaydigan), bolg’ali (tez ishlaydigan), tebranuvchi korpusli titrama (tez ishlaydigan), oqimli (tez ishlaydigan), barmokli va b. Barabanli T. foydali qazilmalarni boyitishda, tsement ishlab chiqarish. da, kumirni kukunlashda, kimyo va metallurgiya sanoatida keng ishlatiladi. Bunda tsilindrik yoki tsilindrikkonus baraban aylanganda maydalaydigan jismlar (cho’yan yoki po’lat sharlar, tsilindrchalar, dumalok, sterjenlar va b.) erkin harakatlanib, markazdan qochma kuch ta’sirida materialni zarb bilan urib, ezib va sidirib maydalaydi. Rolikli T. yumshoq va o’rtacha kattikligidagi materiallar (kumir, tsement, xom ashyosi, fosforit, grafit, talk va b.)ni kurukdayin maydalashda ishlatiladi. Uning ishi ezib maydalashga asoslangan. U germetik korpus va unda gorizontal aylanuvchi maydalaydigan halqadan iborat; halqaga ikkita rolik prujina bilan siqiladi. Material maydalaydigan halqaga keladi va aylanish davomida roliklar materialni ezib maydalaydi. Boltali T. yumshoq kumir, slanes, torfdan changsimon yokilg’ilar tayyorlashda ishlatiladi. T. kojuxida bolg’alari sharnirli yoki bikr maxkamlangan rotor aylanadi. Material rotorga uzatilib, bolganing zarbi bilan maydalanadi. T.ga uzatilayotgan issiq havo materialni maydalanish vaktida quritadi. Tayyor material havo oqimida o’choqqa uzatiladi. Titrama (vibrasion) T. o’rtacha qattiqlikdagi materiallarni 2 mm dan 0,06 mm gacha va undan ham mayda qilib maydalashda ishlatiladi. Mexanik vibrator (aylanuvchi muvozanatlashmagan yuk — debalans) ta’sirida baraban kichik radiusda tez (minutiga 3000 martagacha) doiraviy tebranadi. Barabanga Yuklangan material sharlarga tez-tez urilishi natijasida maydalanadi. O qimli T. materiallarni juda mayda zarracha (0,001—0,05 mm) tarzida tuyish uchun ishlatiladi. Bunda maydalanadigan material bir o’kda qaramaqarshi joylashgan ejektorlarga uzatiladi va ulardan chiqadigan siqilgan havo, o’ta qizdirilgan bug’yoki issiq gazlar yordamida katta tezlik (500 m/sek) bilan.maydalash kamerasiga keladi. Qaramaqarshi uchayotgan material zarralari bir-biriga urilib, madalanadi; maydalangan material kameradan klassifikatorga uzatiladi. Materiallarni yuqori chastotali, elektr impulsli tok^bilan maydalaydigan elektrofizika usullari va b. usullar ham bor.