Irqlar

Irqlar — Homo sapiens turi ichi- dagi sistematik guruxlar. Har bir irq o’ziga xos irsiy belgilar, mas, ko’z, soch va teri rangi, yuz va bosh qutisi shakli- ga binoan boshqa irklardan farq qiladi. Hoz. odamlar 3 ta: ekvatorial (negroid, avstraloid), Evrosiyo (evropoid), Osiyo- Amerika (mongoloid) yoki 5 ta (negroid, avstraloid, evropoid, mongoloid, Ame- rikanoid) yirik irqlarga bo’linadi. Har bir irq ichida yana kichikroq, ya’ni kenja I. bo’ladi. Mac, ekvatorial irq negr, ne- Grill, bushmen, Avstraliya va b. irklar- ga; evropoid irq esa Atlantika-Boltiq, Hind-O’rta dengizi, o’rta Evropa va b. ga; mongoloid irq shim. Osiyo, Arktika, Jan. Osiyo va b. ga ajraladi. Irqlar paleolitning so’nggi dav- rlarida bundan 40-30 ming yil AV- val odam er yuzini egallashi b-n shak- llana boshladi. O’sha davrda ko’pchilik irqiy belgilar moslanish xususiyatiga ega bo’lganligidan muayyan muhit sha- roitida tabiiy tanlanish tufayli mustahkamlanib borgan. Mas, ekvatorial irkda terining kora rangi ultrabinaf- sha nurlar ta’siridan himoyalovchi, bu- Run katagining keng bo’lishi nam tropic iqlim sharoitida suv bug’lanishini ku- chaytiruvchi, tananing uzun bo’lishi tana yuzasini tana hajmiga nisbatan kengay- tirish orqali termoregulyasiyani amalga oshiruvchi vosita sifatida vujudga kel- gan. Barcha I. Homo sapiens ra xoc bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega: ularning bar- chasi biologik va psixik jihatdan teng bo’lib, evolyusion rivojlanishning bir xil pog’onasida turadi. Barcha I. mada- niyat va tsivilizasiya eng yuqori daraja- da rivojlanishida bir xil imkoniyatga ega. Hoz. zamon fani mavjud I. bir xil qobiliyatga ega emasligi, ular evolyusi- yaning turli bosqichlarida turganligi to’g’risidagi irqchilik g’oyalarini inkor etadi. Odam I. ni “millat”, “til guru- XI” tushunchalari b-n aralashtirib yubor- maslik lo-zim. Bitta millat tarkibida har xil I. va, aksincha, bitta irqning o’zi turli Millatlar tarkibiga kirishi mum- kin. Ad.: Nesturx M. F., Chelovecheskie rasi, M., 1965; Alekseev V. P., Geogra- ficheskie ochagi formirovaniya chelove- cheskix ras, M., 1985; Problemi evolyu- tsionnoy morfologii cheloveka i ego ras, M., 1986.