Intoksikasiya

Intoksikasiya (lot. in – ichki va toxikon — zahar) — odam yoki hayvon organizmiga tashqaridan tushgan (ek- zogen) yoki uning o’zida hosil bo’lgan (endogen) turli zaharlar ta’sirida ro’y beradigan kasallik holati. Ekzogen I.ga o’simlik va hayvon mahsulotlari (turli o’simliklar, bakteriyalar, ilon zahari va b.), shuningdek, kimyoviy moddalar sabab bo’ladi. Organizm ayiruv faoliyatining izdan chiqishi, endokrin kasalliklar oqibatida unda turli zaharli moddalar yigilishi yoki hosil bo’lishi natijasida endogen I. yuzaga keladi (q. Zaharlanish). I. faqat unga sabab bo’lgan omillarga emas, balki shu organizmning reaktivlik xususiyatlariga (ko’pincha nerv sistemasi faoliyatiga) bog’liq. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchilari yoki zararkunandalarni nobud qilish maqsadida zaharli modda (pestisid)ni o’simlik organizmiga il- diz (ildizdan zaharlash), barg orqali kiritish (bargdan zaharlash) ham I.ga kiradi.