Ippologiya

Ippologiya (Yun. — ot va …lo- giya) — otlar to’g’risidagi fan. I.ga oid birinchi yozma asarlar mil. AV. bir necha yuz yil oldin Yunonistonda vujudga kel- gan bo’lib, unda otning gavda tuzilishi, fe’l-atvori va otlardan foydalanish kabi ma’lumotlar bayon etilgan. Keyin- gi aerlarda I. doirasi to-bora kengayib bordi. 20-a. boshlariga kelib I. otlar- ning evolyusiyasi va ularni xonakilash- tirish; anatomiyasi va fiziologiyasi; ur- chitish usullari va ko’paytirish biol.si; zotlarni tako-millashtirish va yangi ot zotlarini yaratish, naslchilik ishlari; ot sinovlarini o’tkazish; otda yurish san’- ati va nazariyasi; milliy ot o’yinlari va b. haqidagi ko’pgina bo’limlarni o’z ichiga olgan fanga aylandi. O’rta Osiyo otlarni xonakilashtirishning qad. mada- niy markazlaridan biri hisoblanadi (q. Yilqichilik). Ad.:To’raqulov 3. T., Xolmirzaevd., Muxtorov A., Yilqichilik. T., 1985.