Iroda
Iroda — odamning o’z faoliyati va psixik jarayonlarini o’zi boshqarishda namoyon bo’ladigan qobiliyati. Inson I. viy harakatini amalga oshirar-Kan, o’ziga xukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: I. uchun “men xohlayman” degan kechinma emas, balki “kerak”, “ba- jarishim shart” degan kechinma xosdir. Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustah- kam I. ni talab qiladi. I. mehnatda pay- do bo’ladi va toblanadi. I. ning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilash- da, maqsadga erishish vosi-talari va yo’l- yo’riqlarini oldindan aniqlab, ma’- lum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon bo’ladi. Odamda I. ning qay darajada ekanligi maqsadni qanday ro’yobga chiqarishida ko’rinadi. I.viy harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi to’siqlarga duch keladi. Ichki to’siqlar kishining o’ziga, uning ichki mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini enga olish, o’zini boshqarish va o’z ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki I. deb ataladi. Tashqi to’siklar tevarakatrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tash-Qi to’siqlarni enga olish layoqati tashki I. deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi to’siqlarni engish (tashqi I.) ichki to’siqlar (ichki I.) ni engish b-n uzviy bog’liq. I. ning muhim sifatlari: o’zini tuta bilish, dadillik, qat’iylik, chidam va toqat, printsipiallik, mustaqillik va b. I. kuchi shu sifatlarning qay dara- jada namoyon bo’lishiga qarab belgila- nadi. Kishi yuksak g’oyalarga asoslangan ongli qat’iyat va sabot b-n o’z harakati yo’lidagi to’sikdarni engar ekan, u kuchli I. egasi hisoblanadi. I. kishining xa- rakteri b-n uzviy bog’liq, uning shaklla- Nishida muhim rol o’ynaydi.