Isaakyan Avetik Saakovich

Isaakyan Avetik Saakovich [1875.19 (31). 10, Kazarapat – 1957.17.10, Erevan] — arman shoiri. Armaniston FA akad. (1943). Seminariyada o’qigan (1889-92). 1911-36 y.da chet elda yasha- gan. Armaniston Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvi raisi (1946-57). Dastlab-ki she’r va dostonlarida ijtimoiy zulm- ga qarshi kurashgan xalq qahramonlari madh etilgan, inson taqdiri, kela- jagi haqidagi fikrlar bayon etilgan (“Qo’shiqlar va jarohatlar”, 1897; “Abul A’lo al-Ma’arriy”, 1909-11 va b.). “Sasma Mger” dostoni (1919, 1937 y.da qayta ishlangan) arman xalq eposi “so- sunli Dovud” mavzusi asosida yara-til- gan. “Bizning tarixchilarimiz va biz- ning Gusanlar” (1939), “Vatanim-ga” (1940), “Arman me’morchiligi” (1942) va b. turkum she’rlari mashhur. 2-jahon urushi yillarida yozgan jangovar rux- dagi she’rlari (“Qalbim mening tog’lar cho’qqisida”, 1941; “ulug’g’alaba kuni” 1945 va b.) xalq qo’shiklariga aylangan. Ayrim asarlari (“poema va she’rlar”, 1961; “Abul a’lo al-Ma’arriy”, 1976) o’zbek tiliga tarjima qilingan.