Informasion agentlik matbuot organlari

Informasion agentlik matbuot organlari, radioeshittirish va televidenie, davlat va jamoat tash- kilotlari, ishbilarmonlar va b. uchun axborotlar yig’ish va tarqatish b-n shug’ullanadigan tashkilot. Muxbirlar punktlari tarmog’iga tayanadi. Yirik I. a.: Rossiya informasion-telegraf agent- ligi (ITAR-TASS, 1992 y. da asos solin- gan; tarixi 1904 y. da tashkil topgan Pe- trograd telegraf agentligidan boshlana- Di); Assoshieyted press (1848) va Yunay- Ted press interneshonal (yupi, 1907) — AQSh; Doychepresseagentur (Germa- niya, 1949); Kiodo susin (Yaponiya, 1945); Reyter (Buyuk Britaniya, 1851); Sinxua (Xitoy, 1938); Frans press (Frantsiya, 1944). O’zbekiston Respublikasida 4 ta I. a.: O’zbekiston axborot agentli- gi (O’zA) Turkiston-press, “Jahon”, va “O’zriport” faoliyat ko’rsatadi.