INFRAQIZIL ASTRONOMIYA
INFRAQIZIL ASTRONOMIYA — to’lqin uzunlikning 0,0008 dan to 1 mm gacha bo’lgan oralig’ida Koinot jism- larini o’rganuvchi fan. Spektrning ush- bu sohasida t-rasi taxm. 3 K — 2500 K oraliqqa to’g’ri kelgan turli sovuq ob’- ektlarning issiklik nurlanishi, xusu- san, “chaqaloq” protoyulduzlar, gazchang bulutlari, yulduzlararo fazo muhiti, sayyoralar va Quyosh sistema-sining mayda jismlari nurlanishi tadqiq qilinadi. Galaktikamizda in-fraqizil nurlanish mexanizmi, asosan, chang mod- dasi b-n bog’liq. Mac, Galaktikamiz yadro qismidan to’xtovsiz ajralib chiqayotgan nur oqimi atrofdagi chang muhitda 1012 martagacha kamayishi sababli, u optik nurlar sohasida kuzatilmaydi va I. a. usullari yordamida o’rganiladi. Xud- Di shuningdek, yulduzlarning tug’ilish soqalari tuzilishi ham I. a. ning eng asosiy ob’ektlaridan hisoblanadi. Infraqizil oraliqning juda kengligi tufayli oraliq qator qismlarga bo’lib yuborilgan va masalaning qo’yilishiga qarab unga mos kelgan sezgir qabul qilgich yaratildi. Xususan, yaqin infraqizil soha 0,0008 — 0,005 mm, o’rta qism 0,005 — 0,035 mm va h. k., eng uzoq soha esa ~ 1 mm to’lqin uzunlik oraliklariga shart- li ravishda bo’linib, har biriga mos ra- vishda ilmiy kuzatuv asboblari yaratil- gan. Bugungi kunda kosmik fazoga turli infraqizil rasadxonalar uchirilib, yaqin va uzoq Kosmos chuqur o’rganilmoqda. Er sirtida ham turli infra-qizil tele- skoplar faol ishlamoqda. Mae., Gavayi orollarining 4200 metr balandlikdagi Mauna-Kea nomli so’ngan vulqoni o’rnida to’rtta (AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Kanada va Gavayi un-ti) infraqizil teleskoplari o’rnatilgan. Bu telesko- plar oynasining diametri juda katta (2,3— 3,8 metr oralig’ida) bo’lib, noyob va qimmatli ilmiy loyihalar yaratishda qo’l keladi. Saloxitdin Nuriddinov.