Gidromexanika

Gidromexanika (gidro… va mexanika) —mexanika bo’limi; suyuqpik va gazsimon muhitlarning muvozanati va harakatini, shuningdek suyuqlikning unga botirilgan yoki suyukliqda harakatlanayotgan jism b-n o’zaro ta’- siri qonuniyatlarini o’rganadi; gidro- dinamika va gidrostatikata bo’linadi. G. amaliyot b-n uzviy bog’langan holda rivojlandi. Dastlabki gidrotexnik qurilmalar (kanallar, quduqlar) va Su- zib yuruvchi vositalar (sol, qayiqlar) qadimdan ma’lum. Nisbatan murakkab bo’lgan Aero va gidromexanik qurilmalar (eshkak, elkan, rul, nasos)ning ixti- ro qilinishi ham uzoq o’tmishga borib taqaladi. Dengizda suzish, harbiy ish- larning rivojlanishi mexanika asosla- rining, xususan g.ning paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Muhit (suv, havo) b-n unda harakatlanayotgan yoki tinch turgan jism orasidagi ta’sirlar g.ning asosiy ma- salalari hisoblanadi. Arximed kashf qilgan qonun va suyuqliklar muvozanati nazariyasi porshenli nasoslar yaratishga asos bo’ldi. Leonardo da Vinchi jismlar- ning suyuklik va gazlardagi harakatni o’rgandi, qushlarning uchishini kuza- tib, muhit qarshiligi mavjudligini kashf qildi. B. Paskal suyuqliklarda bosim tarqalish qonunlarini kashf qildi. I. Nyuton suyuqliklarda ichki ishqalanish qonunlarini tahlil qilib berdi. Bu esa suyuqliklarning jism yuzasiga ishqalanishi natijasida hosil bo’ladigan qarshilik kuchlarini hisoblashga asos bo’ldi. Bu dinamika- ning asosiy qonunlari va tenglamala- rini belgilab berdi. L. Eyler va D. Bernulli nazariy gidrodinamikaning asoslarini yaratdilar. J. Lagranj va O. Koshi, G. Kirxgof, G. Gelmgol’ts, N. E. Jukovskiy, asarlarida ideal suyuqliklarda harakatlanayotgan jism- larning suyriligini aniqlashning analitik usullari ishlab chiqildi; bu usullar suyuqliklarning turli shak- ldagi kanallarda harakatlanishiga, qattiq jismlarning suyuqlik va gazlar- da harakatlanishiga tegishli ko’pgina masalalarni echishda tadbiq qilindi. Qovushoq suyuqliklar harakatini o’rganish gidravlika, gidrotexnika va mashinasozlikning (ishqalanuvchi yuzalarni moylash) rivojlanishi- ga asos bo’ldi. Zamonaviy G. ko’pgina bo’limlardan iborat bo’lib, boshqa fan- lar, xususan mat., fizika, kimyo b-n uzviy bog’langan (yana q. Gidroaeromexanika). Kudratilla Latipov.