Gretsiya, Gretsiya Respublikasi

Gretsiya, Gretsiya Respublikasi (Helliniki Dimokratia) — Jan.-Sharqiy Evropada, Bolqon ya. o.ning Jan.da va uning atrofidagi orollarda (yiriklari — Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos) joylash- gan davlat. Mayd. 131,9 ming km2. Aholisi 10,6 mln. kishi (2000). Poytax- ti — Afina sh. Ma’muriy jihatdan 52 nom (viloyat)ga, nomlar eparxiyalarga bo’linadi. 10 tarixiy-geografik viloyat- ga bo’lish ham mavjud. Davlat tuzumi. G. — parlamentam Respu- blika. Davlat boshlig’i — prezident. Amaldagi Konstitusiyam 1975 y.da qabul qilingan. Unga 1986 y. 7 martda kiritil- gan tuzatishlarga binoan prezident par- lamentda ochiq ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi. U yana bir marta shu lavozimga qayta saylanishi mumkin. Prezident 10 kundan ortiq chet elda bo’lganida, vafot etganida, iste’foga chiqqanida yoki ishga layoqatsiz bo’lib qolganida uning vazifasini deputatlar palatasining raisi bajarib turadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni deputat- lar palatasi (bir palatali parlament) va respublika prezidenti amalga oshira- Di. Parlament umumiy to’g’ri va yashirin ovoz berish asosida 4 y. muddatga sayla- nadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amal- ga oshiradi. Prezident bosh vazirni va uning tavsiyasiga ko’ra hukumatning boshqa a’zolarini tayinlaydi. Bosh va- zir lavozimiga parlamentda ko’pchilik o’ringa ega bo’lgan partiyaning rahbari t a y i n l a n a D i . Tabiati. G. quruq subtropik mintaqada joylashgan. Mamlakat hududining 80% tog’lik. O’rtacha bal. 1000-1800 m li tog’lar ko’p, eng baland cho’qqisi — Olimp tog’i (2911 m). Tog’lar eroziya ta’sirida parchalanib ketgan va karst avj olgan. Peloponnes ya. o.ning sharqida va Kikla- da o.larida tez-tez zilzila bo’lib turadi. Qazilma boyliklar, asosan, g. sharqidan topilgan: temir, marganes, xrom, nikel, qo’rg’oshin, pyx, boksit, marmar, qum qayroq, qo’ng’ir ko’mir va b. Neft qazib o l i n a D i . Iqlimi O’rta dengizga xos subtropik, qishi sernam va yumshoq; yozi issiq va quruq. Afinada yanv. t-rasi 4— 12°, iyul- niki 25-27°. Yog’in shim.-g’arbdan Jan.- sharqqa kamayib boradi. O’rtacha yillik yog’in tog’larda 1500 mm gacha, tekisliklar- da 400-700 mm (80%i qishda yog’adi). Mamlakat shim.da iqlim sovuq, qishda t-ra 0° dan past bo’ladi. Daryolari — Vardar, Marisa, Strimon, Nestos (Me- sta) va b. Tog’daryolari ko’p, ular yomg’ir va qordan suv oladi, ezda suvi kamayib qoladi. Karst ko’llari va mineral buloqlar ko’p. Ko’llari — Prespa, Trixo- nis. Dengiz sohillaridagi va past tog’lik joylardagi butazor va quruq o’rmonlar tagida jigarrang va qo’ng’ir- jigarrang tuproqlar; balandroqda qo’ng’ir o’rmon-tog’tuproqlari uchraydi. Ko’p joylarda tuproq qatlami suv va sha- mol eroziyasiga uchraydi. G.ning 44% may- doni o’rmon va 28° butazorlar b-n band. Dub, qora qayin, kashtan, shumtol, oq qarag’ay, zarang, yong’oq va b. o’sadi. Tog’larda bo’ri, ayiq va yovvoyi o’rmon mu- Shugi yashaydi. Chiyabo’ri, ilon, kaltakesak va toshbaqa ko’p. Milliy bog’lari — VI- kos-Aoos, Mikra-Presna, eta va b. Aholisining 95%i greklar. Mamlakat- ning Markaziy viloyatlarida albanlar va aromunlar, sharqida turklar yashaydi. Yahudiy, lo’li va bolgarlar g.ning hamma joyida bor. Rasmiy til — grek tili. Aholining aksariyati pravoslavlar; 5%i boshqa dinlarda. Aholining 59%i shaharlarda, 11 %i shaharchalarda, 30%i qishloq joylarda yashaydi. Uning o’rtacha zichligi — 1 km2 ga 75 kishi to’g’ri kela- Di. 5 mln.ga yaqin grek mamlakat tashqarisida, asosan AQShda (2 mln. kishi), Kanada, Avstraliya, GFRda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari — Afina, Saloniki, Patri. Tarixi. Hoz. G. hududida qadim zamon- larda antik tsivilizasiya mavjud bo’lgan (q. Yunoniston). Mil. 4-a.da g. Vizantiya tarkibiga kirgan. 14-15-a.larda Usmon- li turk imperiyasi tomonidan istilo etilgan. Grek xalqi xorijiy bosqinchilarga qarshi bir necha bor qo’zg’olon ko’tardi (1571, 1611 y.larda). Buyuk frantsuz inqilobidan ta’sirlan- gan inqilobchi-demokrat Rigas Vele- stinlis g. va b. Bolqon davlatlari uchun Konstitusiya yozdi. 1814 y. Odessada “Fi- Liki Eteriya” (“axil jamiyat”) nomli maxfiy inqilobiy tashkilot tuzildi. Bu tashkilotga 1820 y.da rus armiyasi gene- rali, grek aristokrat oilasidan chiqqan A. Ipsilanti rahbar bo’ldi. “Filiki Eteriya” ozodlik harakati bayrog’ini ko’tardi va 1821 y. 25 martda g. mustaqillikka erishdi. 1822 y. yanv.da Epidvarda chaqirilgan Milliy Majlis G.ning birinchi Konstitusiyasini qabul qildi va g.ni mustaqil deb e’lon qiddi. 1827 y. apr.da grek siyosiy arbobi I. Ka- podistriya prezident qilib saylandi. Rossiya-Turkiya urushi (1828-29) dan so’ng 3 davlat (Angliya, Frantsiya, Rossiya) London konferentsiyasi karorlariga muvofiq, 1830 y.ning 3 Fev.dan boshlab G. mustaqilligi tan olindi. 1910 y.da Krit o. G. b-n qayta qo’shildi. 1910-15 y.lar mobaynida liberallar partiyasi tashkilotchisi E. Venizelos G. Bosh vazi- ri lavozimida ishladi. U bir qator islohotlar o’tkazdi. G. 1912 y.gi Bolqon ittifoqini tuzishda, Bolqon urushlari (1912-13)da qatnashdi. 1-jahon urushining dastlabki yillari- da g. betaraflik siyosatini tutdi. 1915 y.ning noyab. oyidan e’tiboran ittifok- chi davlatlar g.ni iqtisodiy jihatdan yakkalab qo’ya boshladilar. Natijada u ham Antanta davlatlari tomonida urushda qatnashdi. Urush G. iqtisodiyotiga kata zarar etkazdi. Turkiya b-n g. o’rtasida tu- zilgan Sevr sulh shartnomasi (1920)ga muvofiq, Izmir, Sharqiy Frakiya hamda Imroz, Tenedos va b. orollar g.ga beri- lishi kerak edi. Pekin Turkiyaga qarshi Angliya va Frantsiya tomonidan uyushti- rilgan harbiy fitna (1919— 22)da g. ning mag’lubiyatga uchrashi uni Sharqiy Frakiya, Izmir va b. hududlardan mahrum q i l D i . 1924 y. 25 martda g. respublika deb e’- lon qilindi. 1929-33 y.lardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatda ishchilar va dehqonlar harakati avj oldi. Ikki yirik — liberallar (An- gliya tarafdorlari) b-n Xalq partiyasi (Frantsiya tarafdorlari) o’rtasida kurash kuchaydi. 1934 y. G. Ru-Miniya, Turkiya va Yugoslaviya b-n bitim tuzib, Bolkrn An- tantasi tarkibiga kirdi. Shu tarika g. Frantsiya rahbarligidagi harbiy-siyosiy ittifoqqa a’zo bo’ldi. 1935 y. soxta re- ferendum asosida mamlakatda monarxiya tiklandi. 1936 y. 4 avg.da general I. Me- taksas harbiy hokimiyati o’rnatildi. 2-jahon urushining dastlabki paytida g. betaraflik yo’lini tutmoqchi bo’ldi. Le- kin 1940 y. 28 okt.da Italiya qo’shinlari G.ga bostirib kirib, hududining bir qismini egallab oldi. Grek xalqi noyab. oyiga kelib, dushman askarlarini g.dan haydab chiqardi. 1941 y. 6 apr.da nemis askarlari g.ga kirdi va 2 iyungacha mamla- katni batamom egallab oldi. Hukmron partiya rahbarlari dushmanga qarshi ku- rashish o’rniga, murosasozlikka o’tdi. 1941 y. 27 sent.da Milliy ozodlik fron- ti tashkil qilinib, g. xalq, ozodlik ar- miyasi (elas) tuzildi (1941 y. dek.). 1944 y. ezda g. hududining 2/3 qismi ozod q i l i n D i . 1944 y. may oyida xorijda “Milliy birdamlik” deb atalgan hukumat tuzi- lib, u mamlakatdagi fashizmga qarshi harakatni bostirish maqsadida ingliz askarlarini taqlif qildi. Hukumat 1944 y. 12 okt.da Afinaga ingliz qo’shinlari hamrohligida kelib, elas- ni qurolsizlantirishga qarakat qildi. 5 dek.da ingliz askarlari ELASga qarshi harakatgao’tdi. 1945 y. 12 Fev. da hukumat va Milliy ozodlik fronti Varkiz biti- mini imzoladi. Bitimga muvofiq, harbiy holatni bekor qilib, afv umumiy (amnistiya) e’lon etish, barcha qurolli otryadlarni tarqatish, davlat tuzumi haqida plebissit o’tkazish va b. tadbir- larni ko’rish va’da qilingan edi. Mil- liy ozodlik fronti o’z va’dasida turib, ELASni qurolsizlantirdi. Biroq hukumat munofiqona yo’l tutib, terror muhitida soxta saylov (1946 y. mart) va plebissit (1946 y. sent.) o’tkazdi hamda mamlakatda monarxiya tuzumini tikladi. Hukumat mamlakatdagi demokratik kuch- larni yo’qotish maqsadida fuqarolar urushini boshlab yubordi. 1946 y. okt.da G. demokratik armiyasi tuzilib, bu armiya milliy mustaqillik, demokratiya va ij- timoiy taraqqiyot uchun uch yil mobayni- da kurash olib bordi. 1949 y. okt.da de- mokratik armiya qurolli qarshilik ko’rsatishni to’xtatdi (ushbu armiya askar- laridan bir qismi O’zbekistonda boshpa- na topdi, shu erda yashab, tinch mehnatda qatnashdi. O’z vatanida qulay siyosiy va-ziyat vujudga kelgach, ko’chib ketdi). Taraqqiyparvar arboblar ta’qibga uchra- Di. 1952 y. noyab. da marshal A. Papagos boshchiligidagi grek yig’ini partiyasi hokimiyatni qo’lga oldi. Shu partiya, so’ngra 1956 y.da uning asosida tuzilgan Milliy radikal ittifoq (ERE) K. Kara- manlis boshchiligida mamlakatdagi de- mokratik kuchlarni bostirishni davom ettirdi. Bu esa xalk, ommasining noro- ziligini kuchaytirdi. 1963 y. 22 mayda parlament so’l deputati g. Lambrakis o’ldirilganidan keyin Milliy radikal ittifoq (ERE) partiyasi hukumati iste’- fo berishga majbur bo’ldi. 1963 y. noyab. — 1964 y. Fev. Parlament saylovlari natijasida hokimiyat Mar- kaz Ittifoqi partiyasiga o’tdi. Hukumat rahbari g. Papandreu davlat apparatini qayta tashkil etish b-n bog’liq tadbirlar belgiladi, maktablarda bepul o’qitishni joriy qildi, dehqonlar to’laydigan soliqlarni birmuncha engillashtirdi, ayrim toifadagi xizmatchilar maoshini oshirdi, siyosiy mahbuslarni ozod qildi va h. k. 1965 y. 15 iyulda qirolning siquvi natijasida Papandreu hukumati iste’fo berdi. Markaz Ittifoqi partiyasidan ajrab chiqqan o’ta o’ng qanot rahbari S. Stefa- nopulos 1965 y. 17 sent.da yangi hukumat tuzishga muvaffaq bo’ldi. U davlat appa- rati, polisiya va armiyada demokratik ruhdagi kishilarni qirol va oligarxiya- ga sodiq shaxslar b-n almashtirdi. 1967 y. apr.da hokimiyatni P. Kanellopulos rahbarligidagi ERE partiyasi egalladi. Udarhol parlamentni tarqatib yubordi va 28 mayda yangi parlament saylovi o’tkazmoqchi bo’ldi. Biroq reaktsion harbiy unsurlar 21 apr. dayoq harbiy to’ntarish uyushtirdi va mamlakatda harbiy diktatura tartibini o’rnatishga erishdi. Konstitusiya bekor qilinib, de- mokratik tashkilotlar tarqatib yuboril- Di, ilg’or kishilar esa qamoqqa olindi. Harbiy hokimiyatni K. Kollias boshqardi. 1967 y. 13 dek.da g. qiroli Konstantin Xarbin hukumatni ag’darishga harakat qilib ko’rdi. Lekin qirol mag’lubiyatga uchrab, Rimga qochdi. Shu kuni xunta rahbari g. Papadopulos bosh vazir, general-leytenant g. Zoita- kis esa regent qilib tayinlandi. 1974 y. iyulida harbiy diktaturaning ichki va tashqi siyosati butunlay barbod bo’lganligi natijasida bosh vazir K. Ka- ramanlis boshchiligidagi fuqaro xuku- mati hokimiyat tepasiga chiqdi. O’sha yili o’tkazilgan referendum monarxiya tugatilganligini tasdiqladi va g.ni re- spublika deb e’lon qildi. G. prezidenti — Konstantinos Stefanopulos (1995 y. martdan). G. 1945 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 16 martda o’rnatgan. Milliy bayrami — 25 mart — Mustaqillik kuni (1821). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmala- ri. Umumgresiya sosialistik harakati (PASOK), 1974 y.da tuzilgan; g. so’l par- tiyasi, 1987 y.da tuzilgan; so’l va taraqqiyparvar kuchlar uyushmasi, 1989 y.da tuzilgan; g. kommunistik partiyasi, 1918 y.da asos solingan; yangi demokra- tiya partiyasi, 1974 y.da tuzilgan; “siyo- siy bahor” partiyasi, 1993 y.da tashkil etilgan. G. umummehnat konfederasiyasi, 1918 y.da asos solingan, xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederasiyasiga k i r a D i . Xo’jaligi. G. — sanoatlashgan-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat- ning ulushi 18%, q.x.ning ulushi 16%. Sanoati. Yiliga o’rtacha 30,5 mlrd. kVt- soat elektr energiya hosil qilinadi. Elektr st-yalarning kupi yoqilg’i b-n ish- laydi. Qora va rangli metallurgiya, ma- shinasozlik, kimyo, neftni qayta ishlash, yog’ochsozlik, tsement korxonalari bor. En- gil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Ip va jun gazla- ma, gilam to’qiladi. Yog’ (zaytun yog’i i.ch. bo’yicha dunyoda 3-o’rin), un-yorma, meva konservalari, tamaki, vinochilik korxo- nalari bor. Oltingugurt kislotasi, sin- tetik ma-teriallar, azotli va fosforli o’g’itlar, portlovchi moddalar i.ch. kimyo sa-noatining asosini tashkil etadi. Asosan chetdan keltirilgan neftni qayta ishlab, turli maxsulotlar tayyorlanadi. Qazib olingan boksit, ferronikel va sh.k.ning anchagina qismi qayta ishlan- magan va kontsentrat holida chet ellarga chiqariladi. Alyuminiy, po’lat, cho’yan, ba’zi turdagi rangli metallar eritib quyiladi. Kemasozlik, avtomo-bilsoz- lik, traktorsozlik, binokorlik materi- allari korxonalari mavjud. Kichikroq ko’nchilik-poyabzal va yog’och-sozlik f-kalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Afina, Saloniki. Qishloq xo’jaligi ning asosiy tarmog’i — dehqonchilik bo’lib, q.x. mahsuloti qiymatining 75%ni beradi. Mayda dehqonchilik xonadonlari ham, yirik xo’jaliklar ham mavjud. Erlarni ijara- ga berish keng tarqalgan. Mamlakat may- donining 30% ga yaqini — ekinzor. G.da zaytun daraxtining 31 turi usadi. Ular yiliga 2 marta gullab, hosil beradi. Aholi jon boshiga 10 tup zaytun daraxti to’g’ri keladi. Mamlakat ekinzorlarining 1,9% bog’dorchilik xo’jaliklari ko’lida. 6 mln. tup olma, 5 mln. tupdan ko’proq shaftoli, 19 mln. tupga yaqin boshqa mevali daraxt- lar bor. Salkam 20 mln. tup apelsin, limon, mandarin, greypfrut, bergamot yozda va kuzda — 2 marta hosil beradi. Bug’doy etishtiriladi; qand lavlagi, arpa, makkajo’xori, sabzavot, sholi va b. ham eqiladi. Chorvachilik zaif. Qo’y, echki, qoramol, cho’chqa boqiladi. Dengiz sohillarida baliq ovlanadi. Chet el sayyohligi anchagina daromad keltiradi (1 yilda 10 mln.ga yaqin kishi kelib keta- D i ) . G.da dengiz transporti asosiy o’rinni oladi. Savdo flotining salmogi jihatidan dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi. G.ning 2579 kemasidan 1000 ga yaqini boshqa mamlakatlar bayrog’i b-n suzadi. Asosiy dengiz port- lari: Pirey, Saloniki, Elefsis. T. y.larning uz. — 2,6 ming, avtomobil yo’llarining uz. — 130 ming km. Afina va Salonikida xalqaro aeroportlar bor. G. chetga asosan zaytun yog’i va mevasi, uzum, tsitrus mevalar, tamaki va ma’dan xom ashyosi chiqaradi. Chetdan mashina, as- bob-uskuna, yoqilg’i, metallurgiya va kimyo sanoati uchun xom ashyo xarid qiladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: GFR, AQSh, Italiya, Frantsiya, Buyuk bri- Taniya va b. Pul birligi — draxma. Tibbiy xizmati. G.dagi kasalxonalar- ning aksariyati davlat qaramog’ida. Xusu- siy vrachlar ham tibbiy xizmat ko’rsatadi. Vrachlarni Afina va Salonikidagi un- tlarning tibbiyot f-tlari tayyorlaydi. Mashhur kurortlari Delfa, Saloniki, Patri sh.lari va Kerkira o.da. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Maorif tizimi 4 bosqichga bo’linadi: 6 y.lik umumiy, 3 y.lik o’rta va 3 y.lik o’rta maxsus, shuningdek, oliy ta’lim. Umumiy va o’rta ta’lim majbu- riydir. G.da 17 un-t va bir qancha texnika in-tlari bor. Yiriklari: Afina, Salo- niki un-tlari, Afina politexnika in- ti. Ilmiy muassasalari: Afina akade- miyasi (1926 y. tashkil etilgan; unda bir qancha i.t. in-tlari va komitetlar mav- jud), 20 ga yaqin i.t. in-ti va bir qancha ilmiy jamiyatlar, Afina sh.dagi mil- liy rasadxona (1842 y. tashkil etilgan) va b. G.dagi Milliy kutubxona (1828 y. tashkil etilgan), Afina sh.dagi deputat- lar palatasi kutubxonasi, un-tlar kutub- xonalari yirik kutubxonalardir. Asosiy muzeylari: Milliy arxeologiya muzeyi (1874 y. tashkil etilgan). Akro- Pol (1878 y. ochilgan), Vizantiya muzeyi (1914), Milliy tarix muzeyi (1882), San’at asarlari milliy galereyasi (1900) — hammasi Afina sh.da joylash- g a n . Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. G.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: “Avgi” (“Tong”, kundalik gaz., 1952 y.dan). “Akropolis” (“Akropol”, kundalik gaz., 1881 y.dan), “Atenz Nyus” (“Afina yangiliklari”, ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1952 y.dan), “Katimeri- ni” (“kun yangiliklari”, kundalik gaz., 1919 y.dan), “Rizospastis” (“qat’iyat”, kundalik gaz., 1918 y.dan), “Apogevmati- ni” (“oqshom yangiliklari”, kundalik kechki gaz., 1952 y.dan), “Vima” (“Min- bar”, yakshanbaliq haftanoma, 1922 y. dan), “Ikonomikos taxidromos” (“Iqtisodiy xabarchi”, haftalik jur., 1926 y.dan). Afina axborot agentligi 1896 y.da tashkil etilgan. Radioeshitti- rishlar 1938 y.dan, teleko’rsatuvlar 1966 y.dan olib boriladi. Adabiyoti. Yangi grek adabiyoti Vizantiya emirilgandan keyin dastlabki asrlarda antik va Vizantiya madaniyati an’anala- ri, Uyg’onish davri g’oyalari, xalq og’zaki ijodiyoti zaminida yuzaga kelgan. 15— 17-a.lar adabiyoti Kipr, Rodos, dodeka- nes, Krit va b. orollarda taraqqiy etdi. Turli janrlarda baquvvat asarlar (“kiz va yigit lapari”, “cho’pon”, “Erofili”, “Erotokritos”) yaratildi. Bularda aso- san ijtimoiy tengsizlik asoslari fosh e t i l D i . 18-19-a.larda grek tilida bayon tusida- gi adabiyot rivojlandi: K. Dapontes, M. Ibannu, I. Pandzeles va Rigas Velestin- lis she’riyati muhim ahamiyat kasb etdi. A. Kalvos, A. Valaoritis kabi adiblar xalqning inqilobiy jasoratini Kuyla- dilar. A. Matesis “Bazilik” dramasi b-n milliy dramaturgiyaga asos soldi. Grek milliy ozodlik qo’zg’oloni (1821— 29) ning yirik arboblari ya. Makriyan- nis va F. Kolokotronis memuar (yodnoma)х asarlar yaratdilar. D. Solomos, P. Su- SOS, A. Rangavis kabi 1-Afina maktabi- ning vakillari ijodida adabiyot an’ana- lari o’z ifodasini topdi. 2-Afina MAK- tabining asoschisi K. Palamas asarlari (“Qalbim nigohi”, 1892; “lo’lining o’n ikki qo’shig’i”, 1907; “hajviy etyudlar”, 1912)da milliy til va milliy mavzuga asos solindi. 20-a. boshlarida ijod qila boshlagan D. Vutiras, P. Pikros, F. Kor- naros kabi adiblarning asarlarida od- diy kishilarning ayanchli hayoti tasvir- langan. A. Sikelyanosning “lirik hayot” she’rlar to’plami, “Iso Rimda”, “Dige- nisning o’limi” dramalari adabiyot ri- vojida yangi bosqich bo’ldi. Karshilik ko’rsatish davrida taraqqiyparvar shoir va adiblardan A. Sikelyanos, F. Angules, G. Kodzyulas va b. ijodida antifashizm g’oyasi ilgari surildi. Urushdan keying yillar grek adabiyoti rivojida Jahon Tinchlik Kengashi adabiy mukofotining laureati N. Kazandzakisning roli katta. U “Kapitan Mixalis. Ozodlik yoki o’lim” romani b-n Shuhrat qozondi. 1967 y.gi davlat to’ntarishidan so’ng ada- biyotda umidsizlik, tushkunlik kayfiyat- lari paydo bo’ldi. A. Avgerisning “Ke- sishgan va parallel yo’llar”, P. Korove- sisning “sinov” she’riy to’plamlarida erk va tinchlik g’oyalari aks etdi. Qad. grek dramaturgi Sofoklning “Shoh Edip” asari O’zbekistan Milliy akade- mik drama teatrida zo’r muvaffaqiyat b-n ko’rsatildi. U teletasmaga yozib olinib zangori ekranda ham bir necha marta na- moyish etildi. Me’morligi. Usmonli turklar hukmronligi davri (15-a. oxiri — 19-a. boshlari)da xalq me’morligi asosiy o’rinni egalladi. Har bir vodiy va Orol- da uylar oddiy materiallardan o’ziga xos uslubda barpo etildi. Shim.da ko’proq yog’ochdan, orollarda toshdan foydalanil- Di. Tir o.dagi ravokli va gumbazli, An- dros, Mikonos va b. orollardagi yassi tomli uylar hozirgacha saqlangan. Yirik shaharlarda barpo etilgan turk mahallalari egri-bugri tor ko’chalardagi ikki qavatli uylardan iborat edi. Ibo- datxonalar xochsimon-gumbazli tuzilish- da bo’lgan (Afon va Metlor monastirla- ri). Mamlakat ozodlikka erishgach, 1830 y.da xarobaga aylana-yozgan Afina poy- taxt sifatida qayta tiklandi. Afina sh.ning bosh qurilish loyihasi yaratil- gach (1830), g. me’morligida yangi davr boshlandi. Grek me’morlari S. Kleantis va L. Kavtadzoglu klassik uslubga asos- langan yangi xil turar joy binolariniх yaratishdi. Jamoat binolari klassisizm an’analari asosida, ibodatxonalar VI- zantiya me’morligi ruhida barpo etildi. Ser-hasham jamoat binolarini ko’pgina xorijiy me’morlar (Afinadagi mil- liy kutubxona, 1832; un-t binosi, 1837; daniyalik me’mor X. K. Xansen) qurgan. 20-a. boshlarida mahalliy iqlim sharoi- tiga moslashgan old tomoni bolxonali va lodjiyali ko’p xonali turar joylar (me’- mor K. Kisikis), shahar tashqarisida villalar (me’mor D. Pikionis, D. Tri- podakis) qurildi. 50— 60-y.larda te- Mir-beton va oynadan hamda mahalliy materiallardan foydalanib, xalq me’- morligi asosida turli bino va mehmonxonalar (me’morlar P. Vasilia- dis, P. Milonas va b.) solindi. Ma’mu- riy binolar ko’proq xalqaro me’morlik andazalari asosida (me’mor K. Doksia- dis), turar joylar (ko’p kvartirali ar- zon uylar, me’mor A. Konstantinidis va b.), sanoat binolari (Afinadagi “Fiks” f-kasi, me’mor T. Zenetos) qad ko’tardi, muzey va qad. yodgorliklar ta’mirlandi. Tasviriy san’ati. 15-a. oxiri va 19-a. boshlarida g.da monastirlik (ibodatxo- nalarga liniy mavzudagi rasmlar ish- lash) san’ati hukmronlik qilgan. So’nggi Vizantiya an’analari saqlangan, xalq ijodiyoti rivojlangan (bo’rtma tasvir, kashtachilik va b.). 19-a.da sodda va aniq portretlar N. Kandunas, N. Kunelakis asarlarida namoyon bo’lgan. 19-a. 2-yarmi- da rassomlar Myunxen akademizmi usuli- ni qo’llab, xalq milliy mavzuiga muro- jaat qilishgan (N. Litras, N. Gizis). Ya. Altamuras manzaralarida romantizm aks etgan. 1920 y.dan rassomlar Evropa san’- atining yangi oqimi ta’siri singdiril- gan milliy qiyofani yaratishga intildi- lar (rassom K. Partenis, haykaltarosh ya. Xalepas). 20-a. o’rtalarida 19 – va 20-a. lar realistik san’at an’analari qatorida (rassomlar A. Georgiadis, Ya. Moralis, Ya. Tsaruxis) milliy o’rta asr va xalq san’ati shakllaridan foydalanil- gan (devoriy rassomlik F. Kondoglu, gra- fika S. Vasiliu). 2-jahon urushi yilla- rida xalq ozodlik kurashi demokratik realistik san’atning paydo bo’lishiga ta’sir etdi (V. Semersidis, D. Kasikoya- nis, X. Kapralos, V. Katraki va b.). 20-a. o’rtalarida tarkib topgan modern oqimlari (N. Xajikiriakos-Gikas, A. Kondopulos va b.) keyingi yillarda keng t a r q a l D i . Musiqasi. G. musiqasi — dunyodagi eng azaliy musiqiy madaniyatlardan biri (Yunoniston maqolasining musiqa qismiga q.). O’rta asr g. professional musiqasi Vizantiya musiqa madaniyati- ning taraqqiyot yo’lidan bordi. 15-a. Tur- kiya istilosi davridan boshlab g. musiqasining rivoji to’xtab qoldi. Milliy musiqa an’analari faqat xalq ijodi hamda cherkov musiqasida saqlanib qolgan. Xalq musiqasi turli shakl va janrlarga ega. Marosim, tarixiy, mai- shiy, lirik qo’shiqlar mavjud. Ayniqsa, 17-18-a.larda ezuvchilarga qarshi ku- rashgan kishi (kleft)lar haqidagi qo’shiqlar mashxur bo’ldi. Qo’shiqlar jo’rligida ko’proq davra o’yinlar (sir- tos, Sirtaki va b.) ham ijro etiladi. So- zlar orasida lyutnya, lira, svirel (cho’pon nay), volinka va b. uchraydi. Buzuki, man- Dolina, skripka, 1830-y.lardan boshlab klarnet, gitaralar mashhur. Kerkira Fi- larmoniya jamiyatining (1840) asoschisi N. Mandzaros grek milliy madhiyasini yaratgan. Kompozitor S. Samarasning Olimpiya o’yinlari madhiyasi dastlab Afinada ijro etilgan (1896). G. milliy musika maktabi asoschilaridan biri M. Kalomiris Afinada G. milliy konserva- toriyasini tashkil etdi; milliy opera va simfonik asarlari mashhur. 1940-50- y.larda M. Xadzidakis va M. Teodorakis kabi ko’pgina qo’shiqchi-kompozitorlar Shuhrat qozondi. G.da milliy opera tea- tri (1919, Afina), 5 simfonik orkestr bor. Yagona davlat konservatoriyasi salo- nikida (1914 y. tashkil etilgan); xusu- siy jamiyatlar qaramog’idagi Afina (1871), Pirey (1904), grek (1919) va mil- liy konservatoriyalar (Afina, 1926) ham mavjud. Yil sayin ommaviy qo’shiqlar festivali o’tkaziladi. Teatri. Vizantiya imperiyasi davrida an- tik teatr san’ati an’anasi to’xtab qoldi. Zamonaviy teatr san’atining tashkil to – pishi grek xalqining milliy ozodlik harakati, jumladan, yashirin vatanpar- var jamiyat “Filiki Eteriya” faoliyati ta’sirida Odessa (1817) va Buxarest (1821) da dastlabki havaskor teatr trup- palari tuzildi. Davlat mustaqilligi e’lon qilingach, milliy teatr shakllana boshladi. G. Mandzuranis va g. Kalogno- mos boshchiligida Siroe o.da teatr tash- kil qilindi. J. B. Moler, K. Goldoni, I. Shiller, V. Gyugo, V. Shekspirlarning asarlari teatr repertuarini boyitdi. Afinada birinchi spektakl 1836 y. ko’rsatildi, lekin professional trup- palar 60-y.lardan paydo bo’ldi. 1901 i. Afinada Davlat “Qirol teatri” tashkil qilindi. Bu erda ishlagan rej. T. Ikono- mu akterlik san’ati rivojiga kata hissa qo’shdi. 1910-20 y.larda g. teatr san’ati sezi- larli darajada inqirozga yuz tutdi. Rej. F. Politis teatrning inqiroz holatini engib o’tishga intildi va 1925 y. Sofok- lning “Shoh Edip”, N. V. Go-golning “Revizor”, F. M. Dostoevskiyning “Aka- uka Karamazovlar”ini sahnalashtirdi. Dramaturg va teatr arbobi V. Rotas 1930 y.da “Xalq teatri”ni tashkil qildi (u 1934 y.ga kadar faoliyat ko’rsatdi). 1945 y. “Birlashgan artistlar” teatri tashkil qilinib, bunda ko’proq grek dramaturgla- rining pesalari qo’yildi. 1955 y. “Grek xalq teatri” yuzaga keldi (rahbari M. Katrakis). 1957 y. rej. D. Rondiris va aktrisa A. Papatanasiu asos solgan Pi- Rey teatrining sahna asarlari g. teatri- da katta burilish yasadi. 80-y.larga ke- lib, g. teatrlari repertuari birmuncha kengaydi. Moler, I. S. Turgenev, A. P. Chexov, G. Ibsen, F. M. Dostoevskiy asar- lari g. teatri sahnasidan keng o’rin oldi. Keyingi yillarda qo’yilayotgan spektakllarda ko’proq maishiy va ijti- moiy mavzular o’z aksini topdi, musiqali komediyalar ham sahnalashtirildi, eng aktual siyosiy voqealar yoritildi. Kinosi. G.da 1906 y. birinchi hujjatli film suratga olindi. 1911 — 12 y.lar- da bir necha kinokomediyalar yaratildi. 1914 y. asos solingan “Afina-film” firmasi to’la metrajli kinofilmlar muntazam i.ch.ni yo’lga qo’ydi. 1914-18 y.larda ko’proq harbiy kinoxronikalar ishlandi. 1927-31 y.larda tarixiy va zamonaviy badiiy asarlarni ekranlash- tiruvchi yirik kinofirma — “Dag- film” faoliyat ko’rsatdi. “Sevgi va to’lqinlar” (1927, rej. D. Gaziadis), “Dafnis va Xloya” (1931, rej. O. Laskos) va b. shu firma mahsulotidir. 1932 y. bi- rinchi ovozli film ekranlashtirildi (“Noto’g’ri yo’l”, rej. D. Gaziadis). Me- taksas diktaturasi va fashistlar bosib olgan davrda “qalb sadosi” (1943, rej. L. Ioanopulos), “qarsaqlar” (1944, rej. G. Dzavelas) kabi milliy filmlar na- moyish qilindi. G. ozodlikka erishgan- dan so’ng, dastlabki paytlarda yiliga 8-10 film yaratilgan bo’lsa, 50-60-yillarga kelib 46 taga etdi. “Qonli Rojdestvo” (rej. G. Zervos), “Sehrli shaxar” (rej. N. Kunduros), “Elektra” (rej. M. Kakoyanis), “Paro- xodga” (rej. D. Damianos) kabi fil- mlar o’zining mazmundorligi va omma- viyligi b-n ajralib turadi. A. Stavros, D. Konstandis, I. Dimopulos, I. Papas, P. Zervos, G. Kalogeratos, G. Arvinitis, A. Fonsu, O. Karlatos, T. Vengos, I. Li- niku, N. Kurkulos, M. Merkuri, A. Vuyu- klaki, D. Papamixail va b. G.ning yirik kinematografchilaridir. N. Kunduros va T. Kanellopuloslar esa hujjatli va il- miy-ommabop filmlar i.ch.da Shuhrat qozondilar. G.da yiliga 100-120 film e k r a n l a sh t i r i l a D i . O’zbekiston — G. munosabatlari. 1992 y. 16 martda ikkala mamlakat o’rtasida Di- plomatiya munosabatlari o’rnatilgan paytdan boshlab o’zaro iqtisodiy, mada- niy aloqalar va savdo-sotiq rivojlana boshladi. 1994 y. 29 sent. — 3 okt. da g. delegasiyasining O’zbekistonga tashrifi chog’ida savdo-iqtisodiy aloqalarni ri- vojlantirish va ikki tomonlama muno- sabatlarning yuridik asoslarini yara- tish masalalari kelishib olindi. G. va O’zbekistan ishbilarmon doiralari o’rtasida bevosita aloqa o’rnatish maqsadida 1994 y. 6-8 okt.da “Rusvar Xoldinge B. V.”kompaniyasining hamraisi ya. Vardinoyannis boshchiligida oliy menejerlar guruhi respublikamiz- ga keldi. O’zR tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida, “O’zbekneftgaz” korporasi- yasida, aloqa vazirligida, “O’zeltexsanoat” uyushmasida, Toshkent aviasiya zdida o’tkazilgan muzokaralarda qo’shma investisiya loyihalarini amalga oshirishda grek kompaniyasining ishti- Roki masalalari muhokama qilindi. 1996 y. 27-29 noyab.da g. tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegasiyaning O’zRga tashrifi vaqtida o’zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari ko’rib chiqildi va konsullik muassasala- rini ochish hamda havo qatnovini yo’lga qo’yish haqida bitimlar imzolandi. O’zR Prezidenti I. Karimovning 1997 y. 31 mart — 2 apr.da g. ga qilgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivoj- lantirishga yangi omil baxsh etdi. Tash- rif natijasida “Do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma”, “ikki yoqlama soliq solinishiga yo’l qo’ymaslik haqida Konventsiya”, “investisiyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoyalash”, “Iqtisodiy va texnologik hamkorlik”, “Maorif, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik qilish”, “turizm sohasidagi hamkorlik” to’g’risida bitimlar, “O’zR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi b-n Gresiya eksportga ko’maklashish tash- kiloti o’rtasida hamjihatlik va hamkorlik to’g’risida memorandum” im- z o l a n D i . Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy negizi “O’zR b-n Evropa Ittifoqi o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risidagi bitim” qoidalariga ham asoslanadi. 2000 y.da O’zbekistonning g. b-n Tovar aylanmasi: eksport 13,7 mln., import 3,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistondan G.ga rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, tabiiy va sun’iy mo’yna hamda undan tayyorlangan mahsulotlar eksport qilingan bo’lsa, im- portning asosiy turlari o’simlik yog’i, sariyog’, sovun, yuvish vositalari va sur- kov moylari, tamaki, asbob-uskuna, efir yog’i va pardoz vositalari, qayta ishlan- gan meva, sabzavot, yong’oq, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon, plastmassa, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar va b.dan iborat bo’ldi. 1995 i. yanv.dan “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviasiya kompaniyasi- ning samolyotlari oyiga 2 marta Afinaga borib kelmoqda. “O’zeltexsanoat” uyush- masi b-n grek kompaniyasi o’rtasidagi bi- Timga binoan “Foton” aktsiyadorlik ja- miyatida “Sileks” nazorat-kassa appa- ratlarini birgalikda i.ch. yo’lga qo’yildi. O’zbekistonning Jan. Evropa va yaqin Sharqqa boradigan transport yo’lagini kengaytirish maqsadida g. im- koniyatlari urganilayotir. Mayda va o’rta biznes sohasida ikki to- monlama iqtisodiy munosabatlarni ri- vojlantirish imkoniyati bor. O’zRda grek sarmoyasi ishtirokidagi 33 qo’shma korxo- na mavjud (2001). Ular orasida “Omega- Sitora”, “Olimpik-Toshkent- Furs”,”Agrofur”, “O’z-Ellas”, “Buyuk Turon Ink”, “Turon-Trast” kabilar bor. Grek sarmoyasi yuz foiz bo’lgan 6 korxona faoliyat ko’rsatayotir. Grek sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyatining asosiy sohalari kiyim- kechak, charm va mo’yna buyumlar, Binokor- lik matoriallari, oziq-ovqat mahsulotlari i.ch., q.x. mahsulotlarini qayta ishlash, savdo-sotiq, lotereya o’yinlarini tashkil etish va sh.k.dan ibo- rat.