Turgenev Ivan Sergeevich
Turgenev Ivan Sergeevich [1818.28.10 (9.11), Oryol — 1883.22.8 (3.9), Parij yaqinidagi Bujival qishlog’i; Sankt-Peterburgdagi Volkovo qabristoniga dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Peterburg untining falsafa ftini tugatgan (1837). T.ning dastlabki romantik she’rlari va “Steno” dramatik dostoni (1834) talabalik yillarida yozilgan. T.Peterburgdagi o’qishni tugatgach, Berlinga borib (1838), falsafa va klassik Filol. bo’yicha ma’ruzalar tinglagan. 1841 y. Moskvaga kaytib kelgan, N.V.Gogol, S.T.Aksakov singari yozuvchilar bilan tanishib, badiiy ijod bilan shugullana boshlagan. T.ning shu kezlarda yozgan “Parasha” dostoni (1843) yosh yozuvchining romantizmdan uzoqlashib, oddiy xalq hayotiga yaqinlashganidan darak beradi. T. 1844 y. da “Andrey Kolosov” qissasini, keyinroq krepostnoylik xulqatvorini tasvirlovchi “pomeshchik” dostoni (1846), “g’ayritabiiy” hisoblangan kishining qipqizil xudbin ekanligini fosh etuvchi “uch surat” (1846) va “Breter” (1847), shuningdek, Gogolona hajviy ruh bilan yo’g’rilgan “Petushkov” (1848) qissalarini e’lon qilgan. T. 1847 y.dan boshlab Parijda yashaydi. Shu yili “Sovremennik” (“zamondosh”) jurnali da chop etila boshlagan “ovchining maktublari” asari bilan T. ijodida yangi davr boshlangan. T. turkum hikoyalardan iborat bu asarida rus dehqonlariga xos ezgu va olijanob fazilatlarni tasvirlagan. U tasvir etilayotgan qahramon eki voqeaning mazmunmohiyatidan kelib chiqqan holda maishiy ocherk, hikoya, psixologik novella, lirik etyud singari nasriy janr shakllaridan unumli foydalangan. T. ayni paytda dramaturgiya janrlarida ham ka-Lam tebratib, “Sarmoyasizlik” (1846), “Yo’lboshlovchining nonushtasi” (1849 y.da sahnalashtirilgan) bir pardali hajviy pesalarini, “bo’ydoq” komediyasi (1849), “tekinxo’r” maishiy dramasi (1849) va “qishloqda bir oy” liropsixologik dramasi (1850) ni yozgan. Shundan so’ng “Mumu” (1855), “ortiqcha kishining kundaligi” (1850), “Yakov Pasinkov”, “Karvonsaroy” (1855) va “yozishma” (1856) singari qissalarini yaratgan. 1852 y. “Ikki avlod” romani ustida ish olib borgan, ammo asar nihoyasiga etmagan. Rossiyaga qaytgach (1850), Spassklugovinovo qishlog’ida yashab, eng yaxshi asarlaridan biri — “Rudin” romani(1856) ni yozib tugatgan. Ushbu romanda Gegel falsafasiga Mahliyo bo’lgan dvoryan ziyolilarining 30-40-y.larda rus jamiyatining ma’naviy hayotida tutgan o’rni badiiy taxlil egilgan. 50-y.larning o’rtalarida yozilgan “Faust” (1856) va “Polese safari” (1857) qissalari T.ning “dvoryanlar uyasi” romani (1859) ning maydonga kelishida etyud vazifasini bajargan. T. bu asarida Pyotr I dan keyingi dvoryanlar Rossiyasidagi tarixiy taraqqiyotning turli davrlariga nazar tashlagan va Lavreskiylar sulolasi tarixi misolida avlodlarning almashinish jarayonini kuzatgan. Shaxsiy baxt va burch o’rtasidagi ziddiyatlar asarning ma’naviy kolliziyasi sifatida tasvirlagan. “Dvoryanlar uyasi” T. ijodining barkamol namunalaridan biri bo’lib, unda 2 oy ichida bo’lib o’tgan voqealar T.ga xos katta mahorat bilan aks ettirilgan. T. “Rudin” va “dvoryanlar uyasi” romanlari bilan rus realizmining mashxur namoyandalaridan biri sifatida Shuhrat qozongan. U 60-y.larning boshlarida, avvalgi romanlaridan farqli o’laroq, “Arafa” (1860) da zamonaviy mavzuga murojaat etgan va rus jamiyatida boshlangan ruhiy uyg’onish jarayonini badiiy kuzatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. T. “Otalar va bolalar” romani (1862)da bu g’oyani yanada rivojlantirgan. Bosh Kaxramon Bazarov obrazida dm.Pisarevt xos xurfikrlilik va yangilik sari intilish kabi fazilatlarni mujassamlantirgan. Mazkur asar rus jamiyatida ilgor sinf hisoblanib kelingan dvoryanlar sinfiga qarshi qaratilgan. Bazarov jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki shu chiriy boshlagan jamiyat poydevorini tagtugi bilan buzish va yangisini barpo etish tarafdoridir. T. Bazarovdagi ana shu nigilizm (barcha narsalarni inkor etish)ni tasvirlash orkali rus inqilobchiligiga xos salbiy jihatlarni, birinchi navbatda, tarixiy jarayon qonuniyatlari bilan hisoblashmaslikni oktyabr tuntarishidan 55 yil muqaddam bashorat kilgan. “Otalar va bolalar” romani rus adabiyotshunosligida T. ijodining cho’qqisi sifatida talqin etiladi. Mazkur asarda rus voqeligi, T. ning boshqa asarlariga qaraganda, ayniqsa, keng qamrab olingan. 1861 y.da krespostnoylik islohotining o’tkazilishi rus jamiyatini ikkiga ajratib yubordi. Chor generallari va aristokratlaridan iborat dvoryanlar guruhi islohotga qarshi chiqib, eski krepostnoylik tartiblarining tiklanishini orzu qildi. T. “Tutun” romani (1867)da zodagonlar muhitida avj olgan ana shu aksilharakatni asarga mavzu qilib olgan. T. hayotining so’nggi 20 y.i xorijda o’tgan: dastlab Badenbadenda, so’ngra Parijda yashagan. U shu davrda mashhur frantsuz yozuvchilari va san’atkorlari bilan yaqin ijodiy aloqada bo’lib, hatto 1878 y.da Parijda o’tkazilgan xalqaro yozuvchilar anjumaniga V. Gyugo bilan birga rahbarlik qilgan. 60-y. larning 2yarmi — 70-y.larda T. “Brigadir” (1868), “cho’l qiroli Lir” (1870), “Bahor toshqinlari” (1871) singari qissalarini, “qo’riq” (1877) romani va b. bir qancha asarlarini yozgan. Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Poli. sobr. soch. i pisem, 2 izd., t. 1-30, M., 1978-93; tanlangan asarlar, 1—4j., T., 196771; Ad.: Petrov sm., I.S.Turgenev. Tvorcheskiy put, 2izd., t. 1-2, M., 1983. Naim Karimov.